Ilmu tolib piru komildan so‘radi:
— Ustoz, o‘zbekchaga ruschani aralashtirib gapirsa, gunohmu?
Piru komil dedi:
— Konechno!
— Xolajon, menga bergan sovg‘angiz uchun rahmat.
— Arzimaydi.
— Arzimasligi to‘g‘riku-ya, oyim shunday deb ayt dedilar-da.
O‘qituvchi o‘quvchilarni sinf partasiga joylashtiryapti:
— Seni dadang qayerda ishlaydi?
— Mani dadam bozor rahbari.
O‘qituvchisi birinchi bolani eng oldi qatordagi partaga o‘tkazibdi.
— Qani, seni dadang qayerda ishlaydi?
— Meni dadamni ikkita mebel do‘konlari bor, - deb javob beribdi ikkinchi o‘quvchi.
— Bozor rahbari o‘g‘lini yoniga o‘tir!, - debdi o‘qituvchisi.
— Qani, seni dadang kim?
— Meni dadam prokuraturada.
— Qani birinchi partada o‘tirganlar turlaring-chi! Ikkinchi partaga o‘tir ikkaloving! - deb uchinchi bolani eng oldi partaga o‘tqazgan o‘qituvchi yana so‘rabdi:
— Xo‘sh, dadang prokraturada nima ish qiladi?
— Bilmiman. Dadamni kecha ikkita odam olib ketishgandi-da o‘sha prokuratura degan joyga...dermish bola.
Maktabga yangi o‘qituvchi kelibdi. O‘quvchilar uning atrofini o‘rab olib, o‘z maktablari, sinflari haqida beto‘xtov gapira ketishibdi. Sinfdoshlar orqa partada o‘tirgan o‘quvchini ko‘rsatib, o‘qituvchiga tanishtirishibdi:
— Manavi Boltavoy-tentak bo‘ladi.
Mana unga 500 so‘mlik va 1000 so‘mlik pulni bersangiz u doim rangi qizil bo‘lgani uchun 500 so‘mlikni oladi.
Bolalar Boltavoyni chaqirib, o‘qituvchiga namoyish qilish uchun 500 so‘mlik va 1000 so‘mlik pul uzatishibdi. Boltavoy haqiqatdan ham 500 so‘mlikni tanlabdi. Darslar tugagach, o‘qituvchi Boltavoyni kabinetiga chaqiribdi va debdi
— Boltavoy, qarasam — matematikani unchalik yaxshi bilmaydiganga o‘xshaysan. 1000 so‘m 500 so‘mdan ikki barobar ko‘pligini nahotki bilmasang?!
— Albatta bilaman!
— Unda nega 500 so‘mlikni tanlaysan?
— Muallim, agar men 1000 so‘mlikni tanlasam, keyingi safar bolalar menga pul bermay qo‘yishadi-da!
— Dada, nega siz oyimga uylangansiz?
Ota o‘g‘lini bergan savoliga oshxonada yurgan xotini tomonga qarab javob beribdi:
— Xotin qara, senga uylanganimga hatto o‘g‘limiz ham hayron bo‘lyapti!?
Ona qizidan so‘radi:
— Nega Ahmadjon degan yigitga turmushga chiqishni xohlamayapsan?
— Oyi, axir u mallasoch-ku!
Ota gapga aralashdi:
— O‘sha yigitga turmushga chiqaver, qizim! Sen bilan bir yil yashasa, sochi oqarib ketadi, javob!
— O‘O‘O‘, manga qara! Agar yomon bola bo‘lib jahlimni chiqarsang, katta qiz bo‘lganimda senga tegib olamanda. Keyin bir umr uyingda yashiyman tushundingmi!
O‘qituvchi o‘quvchidan so‘radi:
— Karimjon,nega o‘tgan kuni maktabga kelmading?
— Oyim shimimni yuvib qo‘ygan ekanlar. Bora olmadim-da...
— Kecha-chi, kecha nimaga kelmading?
— Maktabga ketayotib, uyingiz yonidan o‘tdim. Qarasam, ko‘ylagingiz jiqqa xo‘l ilinib turgan ekan. Sizni maktabga bormasalar kerak deb o‘ylabman.
Bir ayolni bir bolasi bor ekan. U erga tegibdi. Erini ham bir bolasi bor ekan. Oradan yillar o‘tibdi va ular farzandli bo‘lishibdi. Bir kuni 3 bola urishibdi. Buni ayol ko‘rib, eriga shunday degan ekan:
— Sizniki, Meniki bilan birgalashib Biznikini urishyapti.
— O‘rtoq kapitan, bir haftaga ruxsat bersangiz, xotinim farzandlik bo‘lishi kerak edi.
— Mayli, ruxsat.
Bir haftadan so‘ng.
— Xo‘sh, soldat Sotvoldiyev o‘g‘ilmi qizmi?
— Bilmadim, o‘rtoq kapitan. 9 oydan kyeyin ma’lum bo‘ladi.