Bolalar haqida latifalar

Futbol ishqibozi o‘g‘lini erkalatyapti:
— Meni yolg‘izim, shirin bolam, kelajagim meni! Sen meni hayot o‘yinimda urgan golimsan! Shunda xotini eriga qarab:
— Men-chi adasi? – debdi.
Shunda er xotiniga:
— Sen ham urgan golimsan. Faqat o‘z darvozamga urib qo‘ygan – avtogolsan, - dermish.
25
Bolakay maktabdan kelib dadasidan so‘radi:
— Dada,siz ham muallimani sevib qolganmisiz?
— Ha!
— Keyin-chi, keyin nima bo‘lgan?
— Keyinmi? Keyin oying seni boshqa maktabga o‘tkazib qo‘ygan!
19
Bir ayolni uyiga dugonasi mehmonga kelibdi.
Haliga ayol kichkina o‘g‘liga:
— Bolam, xolajoningni o‘pib qo‘ymaysanmi? – desa, bolakay:
— Yo‘q, - debdi.
— Nega o‘g‘lim? – deb so‘rabdi onasi.
Bolakay:
— Hozir adam o‘pib qo‘ygan edilar, xoladan shapaloq yeb oldilar, - dermish.
42
Bir odam o‘g‘il farzandli bo‘libdi. Ulfatlarini ziyofatga chaqirib ularga debdi:
— Kelganingizda eshigimizni qattiq tepib ochib kiraveringlar!
— Nega tepar ekanmiz? Qo‘limiz bilan ochib kiramiz, - deyishsa, haligi odam:
— Qo‘lingizda sovg‘a-salomlar bilan ocha olmaysizlar-da! – degan ekan.
20
O‘qituvchi Abdullaga savol beryapti:
— Ayt-chi, bir xalta tilla va bir xalta aql turibdi. Qay birini olasan?
Abdulla:
— Albatta tillani, ustoz!
— Men aqlni tanlagan bo‘lardim.
— Kimga nima kamlik qilsa, shuni tanlaydi-da ustoz!
25
Ona-tili darsida o‘qituvchi oxirgi partada sarimsoq yeb o‘tirgan boladan:
— "Ovchi miltiq o‘qladi" - degan gapni kelasi zamon fe’lini topchi, - desa.
Haligi bola:
— Gumburrr-gummbuurrr, - dermish.
132
— Ada ayting-chi, bir million, bu ko‘pmi yoki kam?
— O‘g‘lim, buncha pulni ishlab topmoqchimisan yoki sarflamoqchimisan? Shunga bog‘liq!
76
Ota o‘g‘liga debdi:
— Bor, anavi gadoyga non olib chiqib ber! yosh bolalarim bor deb so‘rayapti...
— Yo‘q ada, unga non bermaylik!
— Nega o‘g‘lim?
— Kechayam shu gadoy bolalarini o‘rtaga qo‘yib tilangan edi. Non olib chiqsam, bolalariga qoldirmay hammasini o‘zi yeb qo‘ydi.
18
O‘qituvchi bolalarga oy haqida hikoya qildi:
— Oy juda katta sayyora. U yerda milliondan ziyod odamlar yashashi mumkin.
— Menda bir savol bor, - dedi bir o‘quvchi.
— Xo‘sh, nima deysan?
— Oy yarimta bo‘lib qolganda odamlar qanday sig‘ishadi?
33
Afandining oshnasi undan so‘radi:      
— Mulla Nasriddin, bola-chaqangiz ko‘pmi?
— Bolam ko‘pu, chaqam kamroq,— deb javob berdi Afandi.
141