Boshqalar haqida latifalar

Seni orqangdan kulishsa, xafa bo‘lma. Yig‘lashlaridan qo‘rqgin!!!
9
Ilgari «Ax, kakaya jenщina» edi, hozir aksi kuylanayapti: «O boje kakoy mujchina».
114
Chumolilarni bir hafta kuzatdim. Na majlisga kirishadi, na hisobot topshirishadi.
Faqat ishlaganlari ishlagan!
15
Shahrimizda yo‘llarga asfalt yotqizish ishlari olib borilmoqda.
Ish tartibi:
1. Asfaltga yo‘l chiziqlarini chizish.
2. Asfaltni yangilash.
3. Asfaltni kavlab, kanalizatsiya quvurlarini almashtirish.
9
Folbinga qo‘ng‘iroq bo‘libdi:
— Allo, bu folbinmi? Chorshanba kuniga yozib qo‘ya olasizmi? Qabulingizga bormoqchi edim.
— Buni iloji yo‘q, - debdi folbin.
— Nima uchun?
— Chunki siz seshanba kuni oyog‘ingizni sindirib olasiz!
12
Pessimist qorong‘u tunnelni ko‘rdi.
Optimist tunnelni va uzoqdagi nurni ko‘rdi.
Realist tunnelni, nurni va yaqinlashib kelayotgan poyezdni ko‘rdi.
Mashinist esa relsda o‘tirgan uch ahmoqni ko‘rdi.
120
— Nimaga kech qolding?
— Ertalab 6:00 da uyg‘ongandim. Keyin ko‘zim sal ilinibdi-da...
7
Bugun dahshatli tush ko‘ribman. Tushimda ishga kech qolayotgan ekanman...
Voy! (Uyg‘onib ketib...) Iye, ishxonada ekanman-ku... Ko‘rgan tushim qurib ketsin...!
10
Tergovchi so‘roq qilinayotgan kishidan so‘rabdi:
— Faqatgina o‘z ko‘zingiz bilan ko‘rgan narsalarni ayting! Demak, tug‘ilgan sanangiz?
— Bilmayman, o‘rtoq tergovchi. Buni men ko‘zlarim bilan ko‘rmaganman!
11
Shrek multfilmida eshak drakonga uylanganmi? Demak biz albatta turmush quramiz...!
8