Boshqalar haqida latifalar

Men uyquni sevaman, u ham meni sevadi.
Lekin bizni munosabatimizga ota-onam qarshi!
126
— Allo, bu hayvonlarni himoya qilish jamiyatimi?
— Huddi shunday.
— Pochtachi amaki daraxtni ustiga chiqib olib, itimizni rossa haqoratlayapti.
13
— Nega Rossiya o‘zini "Yevroosiyo" deydi? Axir bu mamlakatni asosiy qismi Osiyoda joylashgan-ku!?
— Demak ular "Yevroosiyo" emas, balki "Osiopa"dir!"
11
Bir skelet ikkinchisiga qarab debdi:
— Sen qanaqa odamni skeletisan?
— Men semiz odamni skeletiman.
— O‘zingchi?
— Men oriq odamning skeletiman, - debdi.
Skameykada bir skelet o‘tirgan ekan, xaligilar:
— Uka, siz qanaqa odamni skeletisiz, - desa:
— Tog‘a men skelet emas, studentman dermish.
126
Mening hayotim ssenariysini kim yozganini bilmaymanku, lekin unda aniq kulgi hissiyoti mavjud.
137
Ikkita shisha yigʻuvchi daydi axlatxonada shisha yigʻib yurib, olov chiqqanini sezib qolishibdi. Birinchisi:
— Qara, axlatxona yonayapti, - desa, ikkinchisi:
— Hayriyat-yey, bugun issiq ovqat yer ekanmiz, - dermish.
7
Tergovchi guvohni so‘roq qilmoqda:
— Siz jabrlanuvchi Hamidni do‘pposlashayotganini ko‘ra turib, yordam bermay, indamay o‘tib ketgansiz...
— Nima qilay? Axir o‘zlari mensiz ham juda yaxshi uddalashayotgandi-da...!
13
— Sen tentaksan!
— Nima deding? Qaytar-chi!
— Sen tentaksan!
— Yana bir qaytar!
— Sen tentaksan deyapman.
— Tentak odamni buyruqlarini bajaryapsan-ku! O‘zing kim bo‘lasan unda?!
9
Agar internet tezligiga ham pedal o‘rnatilganda edi, insonlar kamroq semizlik kasalligiga uchrar edilar.
10
Ikkita qashshoq daydi ahlatxonada o‘tirishibdi.Biri:
— Eshitdingmi? Mamlakatda krizis boshlanibdi.
— Yo‘q eshitmadim. Krizis o‘zi nima u?
— Krizis bu... masalan seni boy odamlardan tanishing bormi?
— Yo‘q!
— Endi bo‘ladi!
14