Bir odam byurokrat boshliqning huzuriga kirib:
— Ertaga keling degandingiz, mana keldim, - debdi. 
— Hmm... Shunday deganmidim?
— Ha, shunday degansiz.
— Yaxshi! Unday bo‘lsa ertaga keling-da! Nega bugun keldingiz?
Darvozaga yozilgan ogohlantirish:
— Uyimda qutirgan vaxshiy it bor!
G‘alamis qo‘shni yozuvni davom ettirib: 
— Bu it juda qarigan hatto tishlari ham yo‘q!
Uy egasi: 
— Tishi yo‘q bo‘lsa ham ehtiyot bo‘linglar, yetvosa so‘rib o‘ldiradi!
Ovchi miltig‘i bilan taksiga chiqdi. Miltig‘ini yonidagi yo‘lovchiga qaratib o‘tiribdi. Yo‘lovchi: 
— Bu o‘qlanib turgan ekan, otilib ketmasin. 
— Hechqisi yo‘q, otilsa qaytib o‘qlab olaman.
Tahririyatga xat kelibdi:
"Maqolamni jurnalingizda chop etsangiz. Uchta maqolamni birdaniga yuboryapman!"
Tahririyatdan javob keldi:
"Bu bilan bizni qo‘rqita olmaysiz!"
Sartarosh bosh tanlamas, sevgi yosh tanlamas.
Dunyoda xumdek-xumdek, qovoqday-qovoqday, biror marta ishlatilmagan – “svejiy-svejiy” kallalar juda ko‘p. Hali ko‘rasiz, bu kallalar birdan ishlab ketsa, butun dunyoda insonlarga xizmat qiladigan kashfiyotlar bo‘lib, xalq manfaatiga xizmat qila boshlaydi.
Optimist — 1-iyun kuni yoz kelganiga xursand bo‘ladigan inson, Pessimist esa yoz boshlanib, o‘tib ketishiga qayg‘uradigan inson.
Prokurorning farzandlari - yangi batareykalar!
Yangi batareykalar hech qachon o‘tirmaydi!
Bir odamning uyi yonayotgan ekan, pojarniyga telefon kilib: 
— Tez yetib kelinglar, - debdi. 
Pojarniklar tezda kelishibdi. Haligi odam: 
— Tezda suv sepinglar uyim yonayabdi, - desa
Pojarnik yigitlar hayron bo‘lib: 
— Tez kelinglar deganiz uchun taksi ushlab kelibmiz, - dermish
Dada televizorni yoqaylik. 
— Jim o‘tir. Tog‘ang o‘lgan uyat bo‘ladi. 
— Oyi televizorni yoqaylik.
— O‘g‘lim, tog‘ang o‘ldi. Mumkin emas. 
— Aka, televizorni ko‘raylik. 
— Dadam, oyim aytishdi-ku tog‘am o‘lganini. Jim o‘tir.
— Nima tog‘amdan boshqa hech kim televizor yoqishni bilmaydimi?