Boshqalar haqida latifalar

Qassob qorong‘u ko‘chada ishdan qaytardi. Qayerdandir bezori paydo bo‘ldi-da, yo‘lini to‘sdi.
— Pul bormi?
Qassob sekin sumkadan bolta chiqarib so‘radi:
— Pulni nima qilasan?
Bezori bosh egib dedi:
— Maydalatmoqchi edim-da aka.
109
Bir kishi katta ko‘lning qirg‘og‘ida o‘tirsa, turistlar kelib so‘rashibdi:
— Nega bu yerda o‘tiribsiz?
— Men ko‘lning narigi qirg‘og‘iga suzib o‘ta olaman, - debdi boyagi kishi.
— Qancha vaqtda o‘rgandingiz buni, - deyishibdi turistlardan biri.
— Besh yil umrim ketdi, - debdi.
Shunda turistlar ko‘lning narigi qirg‘og‘iga o‘tkazib qo‘yadigan qayiqqa o‘tirib, qayiqchini qo‘liga ikki ming pul berib, haligi kishiga deyishibdi:
— Besh yil umringiz ikki ming so‘m turar ekan-da!?
6
Radioda boshlovchi:
— Marhamat, hurmatli muhlis. Sizga, yaqinlaringizga salom va tabriklaringiz bo‘lsa, jo‘natish imkoniyatini beramiz.
Muhlis:
— Meni eshitib turgan hammaga salom. Ayniqsa kecha o‘g‘lim benzin olaman, - deb zapravkaga ketgandi. Agar u ham meni eshitib turgan bo‘lsa, ungayam alangali salom. O‘g‘lim, ochereding keb qoldimi bolaaaam?
— Yo‘q, menga keganida tamom bo‘lib qoldi
101
Bir odam folbindan qarz ekan. Haligi odamni uyiga folbin qarzini so‘rab borsa:
— Nima qilardingiz ovora bo‘lib?! Menda pul yo‘qligi folingizda ayon bo‘lmadimi? - dermish.
6
— Allo, bu hayvonot bog‘imi?
— Ha, nima gap?
— Xonadonimda ilon o‘rmalab yuribdi!
— "Hayvonlarni himoya qilish jamiyati"danmisiz?
— Yo‘q!?
— Ekologik harakat a’zosimisiz?
— Aslo!?
— Unda nimaga belkurak bilan ilonga tushirib qolmadingiz???
7
Toshkentlik bir yigit kichikroq qishloqda avtobusga chiqib so‘rabdi:
— Shalag‘i chiqqan bu eski aravaga chiptaning narxi necha pul?
— Odatda bir qop poxol uchun 1000 so‘mdan olamiz, — debdi haydovchi.
117
Hozirgi kunda barcha xonadonlarda ertalabki nonushtani faqat telefon va noutbuklar yeyishadi. Faqat ular dasturxon atrofida emas, elektr toki atrofida qornilarini to‘ydirib olishadi.
6
DAN xodimi bir avtomobilni to‘xtatib, yukxonasini ochib qarasa, ichida o‘nta pichoq turgan ekan. Haydovchiga qarab:
— Shuncha sovuq qurolni nima qilasiz?, - debdi.
Haydovchi:
— Men sirkda ishlayman, - deb pichoqlarni olibdi-da, janglyorlik qila boshlabdi.
Ko‘chadagi boshqa mashinada o‘tib ketayotgan haydovchilardan biri yonidagi xotiniga qarab, qo‘rquv bilan:
— Qara xotin, yaxshi-yam ichishni tashlaganim. DAN xodimlarida yangi test chiqibdi, - dermish.
112
Poyezd. Kupeda ikki kishi ketyapti. Birinchisini qulog‘i kar, ikkinchisi berilib saqich chaynayapti. Shunda birinchi ikkinchi kishiga qarab turib
— Gapirayatgan gaplaringizni foydasi yo‘q, men karman — dermish.
115