Bemorlar haqida latifalar

Doktor:
— Men sizga hozir dori yozib beraman. Bir kunda 5 mahal ovqatdan keyin ichasiz.
Bemor:
— Doktor, men buncha ovqatni qayerdan topaman?
Kasalxonada o‘lim to‘shagida yotgan bemorni vrach tinchlantirmoqda:
— Yuragingiz bir maromda urmoqda, qon bosimingiz joyida, tana haroratingiz ham me’yorda, ...
Bemor umidsizlik bilan debdi:
— Doktor, demak myen sog‘-salomat holda o‘lyapmanmi?
Bemorga vrach dori yozib beribdi-da, debdi:
— Bu dorilarni bir oy ichasiz. O‘ttiz kundan keyin ichib bo‘lgach yana ko‘rishamiz.
Bemor uyga borgach:
— To‘xta! Bu oy 31 kun-ku axir!!! - dermish boshi qotib!
Bir kishini qulog‘i og‘rib, vrachga boribdi. Vrach bemorni qulog‘ini tekshirib ko‘rib debdi:
— Bo‘lmaydi! Kesib tashlaymiz!
U odamni jahli chiqib, boshqa vrachga boribdi.
Boshqa vrach qulog‘ni ko‘rib shunday debdi:
— Men sizga dori yozib beraman. Bir hafta ichasiz.
Bu gapni eshitgan bemor xursand bo‘lib:
— Bo‘larkan-ku! Narigi vrach kesib tashlamoqchi edi, ahmoq... – desa, vrach:
— Kesishni xojati yo‘q! Shu dorini ichsangiz, o‘zi uzilib tushib ketadi, - degan ekan.
Qari onaxon oyoq og‘rig‘idan vrachga shikoyat qilib kelibdi. Vrach:
— Yoshingiz saksondan oshgan bo‘lsa, og‘riydi-da oyog‘ingiz...! - desa, onaxon jahli chiqib:
— Chap oyog‘im ham saksondan oshgan-ku, nega unisi og‘rimaydi, hadeb o‘ng oyog‘im og‘riyveradi?! - dermish.
Ikki dugona gaplashyapti:
— E dugonajon, anchadan beri tobim yo‘q. Juda mazam qochyapti-da. O‘tib ketarmikin-a?
— O‘tib ketadi. O‘tgan yili yon qo‘shnim huddi sizga o‘xshab yurgan edi. O‘tib ketdi rahmatli.
Stomatolog xuzurida.
— Doktor, shunaqangi qo‘rqyapman-ki, hatto bilmayapman, tish oldirish qo‘rqinchlikmi yoki bola tug‘ish!!!???
— Go‘zal qiz tezroq hal eting, kresloni shunga qarab joylashtiraman!
— Vrach menga sarimsoqli parhez buyurdi.
— Xo‘sh, nechi kilo yo‘qotding?
— Nechi kilo emas, nechta do‘stingni yo‘qotding deb so‘ragin...
Bitta ko‘r bilan bitta g‘ilay bo‘lgan ekan. Kunlarni birida ular urishib qolibdi. Ko‘r qo‘lini musht qilib:
— Qayerdasan? Chiq bu yoqqa! – desa, g‘ilay:
— Ha?! Bir o‘zimga ikkoving urishasanmi?! – debdi.
— Doktor, xotiram chatoq bo‘lib qoldi.
— Qachondan beri?
— Nima qachondan beri?
— Xotirangiz?
— Qanaqa xotira?