Bir odam ketayotib, to‘satdan qoqilib ketibdi-yu, boshi yerga dumalab ketibdi. Boshi yerda qolib, tanasi ketib borayotganmush. Boshi:
— To‘xta, to‘xta...!!! - deb baqiribdi. Tana to‘xtamasmush.
— Men bu yerda sen bilan qoldim-ku, nega baqirasan?! - dermish quloq...
Bir yigit boshqa shaharga borib, sartaroshxonaga kirib, soqolini oldirmoqchi bo‘lib o‘tiribdi. Shunda sartarosh sovunga tuflab, endi yigitni yuziga surtmoqchi bo‘lgan ekan, yigit:
— Iye, qizikmisiz?! Men myehmonman! Shunaqayam farosatsiz bo‘lasizmi? - desa, sartarosh:
— Ukam sen mehmonliging uchun sovunga tuflab, keyin yuzingga surtmoqchiman. Shu yerlik bo‘lsang, yuzingga tuflab, keyin sovun surtaman, - dermish!
Yuk tashuvchi Erboboyev o‘n oltinchi qavatga og‘ir qopni olib chiqar ekan, "yomon liftyor" so‘ziga yuzta sinonim ayta oldi!
Basseynga noxos tushib ketgan "Snickers" batonchigi, basseynda suzib yurganlar orasida ulkan vahima kelib chiqishiga sabab bo‘ldi!
Bu yil yozda dengizga bormoqchiman. Meni an’anam o‘zi shunaqa - har yili yozda dengizga borishni orzu qilish!
Bir kuni ovchi kichikroq teshikni poylab o‘q uzibdi. Tulki ovlabdi.
Ikkinchi kuni kattaroq teshikka otibdi. Ayiq otib o‘ldiribdi.
Uchinchi kuni juda katta teshikni poylab yotsa, poyezd bosib ketibdi.
Elektron hujjat aylanishi ba’zi davlatlarda juda “samarali” ishlab kelmoqda.\nHujjat tayyorlanadi, imzolash uchun printerdan qog‘ozga chiqariladi, imzo qo‘yilganidan so‘ng yana skanerlanadi, tegishli tashkilotga yuboriladi va ushbu tashkilotda hujjat yana printerdan chiqarilib, yorliq (fishka) bilan rahbarga kiritiladi. Rahbar ko‘rsatmasi bilan qaytib chiqqan hujjat yana skanerdan o‘tkazilib, papkaga tikiladi. Haqiqatdan ham hujjat “aylanishi” ...
Xavotirga soladigan jumlalar:
1) Bu og‘ritmaydi;
2) San bilan jiddiy gaplashib olmoqchiman;
3) Parolingiz noto‘g‘ri ko‘rsatilgan;
4) Kartangizda pul yetmayapti.
— F.I.Sh. ni ayting!
— Nima u FISh?
— Familiyangiz, ismingiz va sharifingiz.
— KAL!
— Nima bu KAL?
— Kamolov Abdulla Lutfillayevich!
Qarg‘a osmonda uchib ketayotgan reaktiv samolyotga qarab turib yonida birga uchayotgan qarg‘adan so‘rabdi:
— Qiziq, anavi qushcha qanday qilib bunday tez ucha olarkan-a?
— Sening ham dumingga o‘t qo‘yishsa, qanday uchishingni ko‘rardik, - debdi yonidagi qarg‘a.