Boshqalar haqida latifalar

— Vanihoyat, "jinnini yoqish"ni o‘rganib oldim. Juda foydali ekan.
— Sen "o‘chirishni" o‘rganishing kerak edi-ku!

Radioga qo‘ng‘iroq bo‘libdi:
— Allo, bu radiomi?
— Ha. KImga salom yo‘llamoqchisiz?
— Hech kimga. Shunchaki hovliga tariq yoygan edim. Radioni ovozini balandi qilib qo‘yaman. Har-har zamon "kish-kish" deb tursangiz...

— Jarohatlovchi qurolingizni o‘zingiz bilan olvoldingizmi?
— Ha, albatta. Mana, tilim joyida turibdi.
Qayumov Ahad degan bir yigit sinfdoshlaridan hech qachon avval familiyasi keyin ismini aytib chaqirmaslikni iltimos qilibdi.
Iltimos, mol-mulklarimni qizil kitobga kiritsangiz. Ular butunlay yo‘qolib ketish arafasida!
O‘qituvchi Valijondan so‘rabdi:
— Sen yozma ishingda bog‘cha tarbiyachisi bo‘laman deb yozibsan. Bu kasbga qiziqasanmi?
Valijon o‘qituvchisiga:
— Yonimda o‘tiradigan Mohigul qiziqar ekan-da...!
Ingliz tilini qanchalik yaxshi bilsang ham, 25 years so‘zini baribir "Yigirma besh years" deb o‘qiyverasan.

Kitob do‘koniga kirib "Muammolaringizni yarmini tez va oson hal qiling" degan kitobni ko‘rib qoldim. Agar shu kitobdan ikkita bo‘lsa, hamma muammolar hal bo‘larkan deb 2 ta kitob sotib olaqoldim.

— Nimaga pasportimda buncha ko‘p bo‘sh sahifalari bor?
— Bu seni hayoting zerikarli ekaningni bildiradi.
— Dada, nimaga baletda aktyorlar oyoq uchida yurishadi?
— Tomoshabinlar uyg‘onib ketmasliklari uchun bolam.