Boshqalar haqida latifalar

— Nimaga Xitoyda korrupsiyaga qarshi kurash biznikiga qaraganda yaxshi natija berib kelmoqda?
— Chunki Xitoyda buning uchun budjetdan pul emas o‘q-dori ajratishadi.
Mashina bu hashamat emas.
Uni ham yedirib-ichirish, kiyintirish kerak.

Sizlarda ham shunday holat bo‘lganmi? Ro‘padangda turgan inson naqadar kelishgan, bashang, istarali bo‘lsa...! Ko‘zguni oldidan ketging kelmaydi-ya...

— Assalomu alaykum doktor. Sizga ko‘zimdan shikoyat qilib keldim! Oxirgi paytda judayam qiynalib ketdim. Oshxonaga kiraman deb, molxonaga kirib ketayapman. Uyimga kiraman deb, qo‘shnimnikiga kirib ketyapman. Yaxshilab davolamasangiz bo‘lmaydi!
— Sizni tezda davolamasa bo‘lmas ekan. Axir bu yer bank-ku...
Musiqachi uyida baraban chalib o‘tirgan ekan, qo‘shnilari ajoyib musiqa ovozi ko‘chaga ham balandroq eshitilsin deb uni derazasini tosh bilan sindirib ketishibdi.