Haqiqat-adolat haqida latifalar

Bog‘chadan qaytgan bolakay onasiga debdi:
— Oyijon, bugun bizni kasallikka qarshi emlashdi.
— Yig‘lamadingmi ishqilib?
— Yo‘q, meni quvlab yeta olishmadi...
— Ustoz, 10 ming so‘m bilan qayerga dam olishga borsam bo‘ladi.
— 1990 yillarda shu pul bilan aylanib kelsang bo‘lardi...
Bu olamda hech kim seni aeroportda taksichi kutganchalik, intizorlik bilan kutmaydi!
Ayollarni 3 toifaga bo‘lish mumkin:
Aqlli, chiroyli, mehribon.
Ammo ba’zan alohida xillarini ham uchratish mumkin. Masalan:
Aqlli+chiroyli=janjalkash.
Aqlli+mehribon=hunuk.
Mehribon+chiroyli=ahmoq.
Aqlli+mehribon+chiroyli=uni qadrlamaydigan tentak bilan uchrashib yuradigan.
Kecha meni GAI xodimi to‘xtatib, qoidabuzarligim uchun jarima yoza boshladi. Shu payt xodimning cho‘ntagidan ikkita yap-yangi 50ming so‘mlik tushib qoldi.
Yerga tushgan pullarini olib, unga uzatsam, GAI xodimi menga jahl bilan:
— Pora taklif qilmay qo‘yaqoling! Jarima yozib bo‘ldim! - dedi.
Men esa bu pullar uning cho‘ntagidan tushganini aytib, hecham tushuntira olmadim. U ishonmadi.
Na iloj, 100 mingni cho‘ntagimga soldim-da, yo‘limda ketaverdim...
— Senga umringda birortasi "go‘zal" deb aytganmi?
— Ha. Bozorda, — Kartoshkadan olib keting, go‘zal qiz! - deb aytishgan...
Bokschilarni yig‘ib, "Boks sog‘liq uchun foydalimi?" degan so‘rovnoma o‘tkazishibdi?
Shundan 10% bokschilar "foydali" deb javob qaytarishibdi. Qolganlari gapga tushunishmabdi.
Qari kampirni eri ko‘chadan kelib:
— Yaxshi qiz, tanishsak bo‘ladimi? - desa, kampir:
— Qimizni ko‘paytirib yuboribsiz-ku chol! - dermish.
Uchta talaba qiz bitta uyda turishar ekan. Ulardan biri rus, biri turk, uchinchisi esa o‘zbek ekan.
Bir kuni yomg‘ir yog‘a boshlabdi. Rus qiz sayr qilgani chiqib ketibdi, turk qizi - derazani ochib yomg‘irni tomosha qila boshlabdi.
O‘zbek esa:
— Voy, kirlarimni dordan yig‘ib olay!, - deb hovliga yugurib chiqib ketibdi.
Mantiq haqida:
Erkaklarda: bilsam — o‘ldiraman
Ayollarda: o‘lsam ham — bilib olaman