Ishxona haqida latifalar

Boshliq:
— Sizga berilgan topshiriqni qancha muddatda bajarasiz?
Ishchi:
— Bir hafta muddat bersangiz, bir soat ichida bajaraman!
Bir ishchi boshlig‘iga qo‘ng‘iroq qilib debdi:
"O‘rtoq boshliq, siz bizni telefondagi barcha suhbatlarimizni eshitib borishingizni, hamma ishlarimizdan xabardor ekaningizni aytgandingiz. Bugun menga xotinim ishdan qaytishda bozordan nimalar xarid qilishni aytgan edi. Eslolmayapman, ayta olmaysizmi?!"
Rahbarlarimizga "oylik maoshlarni oshirib bering!" degan edik. Ular "adashib" o‘zlarini oyliklarini oshirib yuborishibdi.
Ishga kirish uchun suhbat:
— Qaysi soha bo‘yicha mutaxassissiz?
— Internet ishlab tursa, har qanday sohada mutaxassisman!
— Nimaga siz korxonangizga faqat uylanganlarni olasiz?
— Chunki ular stressga chidamli bo‘lishadi. Eng muhimi uyga umuman shoshilishmaydi.
Hozirgina oylik maoshini olgan ishchi kassa yoniga qaytib kelib debdi:
— Siz menga 20 ming kam berdingiz.
Kassir:
— Chunki o‘tgan oyda adashib sizga 20 ming ko‘p berib yuborgan ekanman. Nega o‘shanda qaytarmadingiz? Bu safar kam olganda aytyapsiz?! - desa, ishchi:
— Bir adashdingiz indamadim, ikki adashdingiz aytaman-da!!!

Xodimlar bo‘limi boshlig‘iga korxona rahbari debdi:
— Korxonamga bir hisobchi kerak.
Xodimlar bo‘limi boshlig‘i:
— Hisobchiga qanday talablar qo‘yiladi? - desa, rahbar:
— Bitta talab! Men u bilan tinch uxlashim kerak! - debdi.

Qamoqxonadagi ikki mahbus suhbati:
— Bu yerga nega o‘tiribsan?
— Yo‘talganim uchun.
— Qanday qilib?
— Yo‘talib yuborgan edim, qorovul uyg‘onib qoldi.
Har kuni kompyuterimdan Gugl xotirasini o‘chirib turaman.
Kasbimga oid bilimlarni internetdan qidirib topayotganimni hech kim bilib qolmasligi kerak.
Agar rahbarimiz ishxonada bo‘lmasa xonamda yotib uxlayman.
Agar rahbarimiz ishxonada bo‘lsa xonamda xushyor yotib uxlayman.