Jinnilar haqida latifalar

Ruhiy kasallar shifoxonasida:
Bemorlar shifoxona tomiga chiqib olib, birma-bir pastga tashlashayotgan emish.
Bosh shifokor kelib:
— Nima o‘ynayapsizlar? – desa, jinnilar:
— Samolyot-samolyot o‘yinini o‘ynayapmiz, - dyeyishibdi.
Bosh shifokor:
— Ha yaxshi. Sizlarga qarab turadigan shifokorlar qani? – desa bemorlar:
— Ularni avvalgi reyslarda uchirib yubordik, - deyishibdi.
Bir kuni Xo‘ja Nasriddinga deyishibdi:
— Nasriddin, sizni xotiningiz aqldan ozibdi!
Xo‘ja Nasriddin chuqur o‘yga botibdi.
Undan so‘rashibdi:
— Nimani bunchalik o‘ylab qoldingiz?
Nasriddin:
— Xotinim o‘zi tug‘ilganida aqlsiz edi. Qanday qilib aqldan ozishi mumkin deb o‘ylab qoldim, - degan ekan.
Ruhiy kasallar shifoxonasiga borgan psixolog hammani yig‘ib, doskaga mashinani rasmini chizibdi-da, debdi:
— Kim shu mashinaga birinchi bo‘lib o‘tirib olsa, uyga ketaveradi.
Hamma jinnilar doskaga qarab yuguribdi. Faqat bittasi joyidan turmabdi.
— Sen nega turmading? - deb so‘rashsa, boyagi jinni:
— Kalit menda-ku, - degan ekan.
Bir jinni ikkinchisiga:
— Kel boshinga mix qoqib qo‘yay sartaroshga borsang mashinkasi sinib qoladi.
— Yo‘q, qoqmaysan...      
— Nega?
— Mixni qoqishda bolg‘ang tegib ketsachi?
Ikkita do‘st suhbatlashmoqda:
— Kecha gazetada g‘alati e’longa ko‘zim tushdi. "Ertaga soat 10:00ga shahar markazidagi maydonga barcha ahmoqlarni kelishini so‘raymiz" deb yozilgan ekan. Men ham aytilgan vaqtga o‘sha joyga borib ko‘rdim.
— Hech kim kelmagandir xoynahoy?!
— Maydon odamga to‘la!!!
— Kim ekan ular?
— Ahmoqlarni ko‘rishga kelgan qiziquvchilar!
Bir kuni jinnixonada doktorlar jinnilarni tekshirish uchun hammasini yig‘ib, bo‘m-bo‘sh basseynga olib kelib, "cho‘milinglar" debdi. Hammasi birin-ketin basseynga o‘zlarini otibdi. Lekin bir jinni chekada turganmish. Doktorlar uni tuzaldi deb uylab, oldiga borib,
— Sen tuzalding uyinga ketaversang bo‘ladi, - desa,
jinni:
— Hozir, bitta kalla tashlab chiqay, - dermish...
Jinnixona bosh shifokoriga muxbir savol bermoqda:
— Bemorlaringiz sog‘ayganini qanday bilasiz?
— Vannaga suv to‘ldiramiz va yoniga qoshiq bilan kosa qo‘yamiz. Bemorlarni chaqiramiz va kim birinchi bo‘lib vannani bo‘shatsa, o‘shanga javob berishimizni aytamiz.
— Tushunarli, sog‘ odam suvni kosa bilan bo‘shatadi, shundaymi?
— Yo‘q, sog‘ odam vannaning tiqinini sug‘urib tashlaydi.
Puli ko‘plar qo‘llaridagi ayfonlarida ko‘chadan pokemonlarni qidirib yurishadi. Ko‘chadagi bezorilar esa ayfonlilarni "ovlab" yurishadi. Militsiya esa bezorilarni ushlashadi. Mana shunaqa band aholi hukumatni umuman bezovta qilmayapti.
Ikkita jinni baland binoga qarab turib suhbatlashmoqda:
— Shu binodan pastga sakragan odam, nechi kunda yerga tusharkin?
— 3 kunda tushsa kerak?!
— Tushgan odam o‘larmikin?
— Esing joyidami? 3 kun ovqat yemaydi, suv ichmay-yu, o‘lmaydimi?!
Bir kuni ikkita jinni hovuz boʻyida oʻtirgan ekan.
Birinchi ahmoq qoshiqda shakar olib, hovuzga solibdi-da, suvdan olib ichib koʻrib:
— Ey, shirasi chiqmabdi, - desa, ikkinchi jinni:
— Aralashtirmading-ku! – degan ekan.