Jinoyatchilar haqida latifalar

Ayblanuvchi siz qabriston oldidagi velosipedni o‘g‘irlaganingizni tan olasizmi?
— Ha, men uni egasi o‘lgan deb o‘ylabman.
Afandining uyiga o‘g‘ri kirgan ekan. Afandi sandiq ichiga berkinib olibdi. O‘g‘ri uyni axtarib, qo‘lga kirgudek hech narsa topmay, sandiqni ochib qarasa, Afandini ko‘rib qolibdi. O‘g‘ri:
— Sandiqning ichida nima qilib yotibsiz?— desa, Afandi:
— Uyda senbop hech narsa yo‘q, shunga xijolat bo‘lganimdan berkinib oldim,— degan ekan Afandi.
Ko‘chada ketayotgan chiroyli qiz yoniga bir yigit kelib:
— Yaxshi qiz telefoningizni bera olasizmi? - debdi.
Qiz jilmayib:
— Bir ko‘rishdayoq sevib qoldingizmi?! - desa, yigit:
— Yo‘q, bir urunishdayoq telefonni o‘g‘irlamoqchiman! - dermish.
Farrosh ayol militsiyaga shikoyat qilmoqda:
— Ortimdan kelib, tilla zanjirimni o‘g‘irlab ketdi.
— Siz qochishga urinmadingizmi?
— Qayoqqa qochaman? O‘ng tarafimda devor, chap tarafimda chelak, orqamda o‘sha ablah o‘g‘ri turibdi. Old tomondagi pollarni yuvib bo‘lgandim. Iflos qilgim kelmadi.
Tergovchi gumondorni so‘roq qilyapti:
— Siz jinoyatni sodir etganlikda shuhba qilinmoqdasiz. Familiyangiz nima edi, yodimdan chiqdi...?
— Boshingiz uyda yodingizdan chiqib qolmadimi, mabodo?
Bir o‘g‘rining qarmog‘iga oltin baliq ilinibdi. Lekin u nima qilishini bilmasdan baliqni u yog‘iga ag‘daribdi, bu yog‘iga ag‘daribdi.
— Tila tilagingni, - debdi, nihoyat, oltin baliq tilga kirib.
— Bu nima dyeganing, - debdi tushunmasdan o‘g‘ri.
— Senga qanaqa tushuntirsam ekan, kecha bir odam meni ushlab olgan edi. U mendan yuz million so‘m muhayyo qilishimni so‘radi. Men uni bir zumda bajo keltirdim. Senga nima qilay?
— O‘sha odamning uy manzilini ber.
Yapon olimlari robot ixtiro qilishibdi. U robot jinoyatchi-o‘g‘rilarni ushlar ekan.
Rossiyada sinovdan o‘tkazishsa, bir kunda 40 ta o‘g‘rini qo‘lga olibdi.
Amerikada sinovdan o‘tkazishsa, 50 ta o‘g‘rini qo‘lga olibdi.
Ippodrom bozoriga olib borishgan ekan, robotni o‘zini 1 soat ichida topa olmay qolishibdi.
Do‘kon kassasida turgan qizni yoniga bir kishi kelib muloyimlik bilan:
— Yaxshi qiz, ikki pachka bering. Yo‘q, uch pachka, to‘rttasini beraqoling! - debdi.
— Nimani pachkasini? Antibiotik? Sirop? Yoki... Qayeriz og‘riyapti o‘zi?
— Hozir ko‘rsataman senga qayerim og‘riyotganini! - deb shimini cho‘ntagidan qurol chiqarib:
— Kassadagi hamma pullarni ber bu yoqqa! Biz o‘g‘rilarmiz!!!
— Kecha uyga qaytayotsam, menga bosqinchilar hujum qilib, pullarim va tilla zanjirimni tortib olishdi.
— Qanaqasiga axir?! Seni bir xalta oltin medal va chempionlik kamarlaring bor edi-ku!
— Bosqinchilar buni bilishmaydi-da...
Afandining 2 yoshli o‘g‘li bor ekan, u faqat "ha" degan so‘zni bilar ekan.
Afandi bozorga ketibdi, uyiga o‘g‘ri tushib boladan so‘rabdi:
— Uyingda bir o‘zingmisan?
— Ha.
— Uyingda oltin bormi?
— Ha.
— Tashqaridami?
— Ha.
O‘g‘ri qazib-qazib, charchab, jahli chiqib:
— Ey bola, sen meni aldadingmi, — desa.
Bola:
— Ha, — dermish.