Jinoyatchilar haqida latifalar

Bugun ertalab avtomobilimda ketayotib, katta chorrahada o‘rnatilgan kamera meni suratga olganini payqab qoldim. Hayron bo‘ldim, nega??? Axir men tezlikni oshirganim yo‘q-ku!
Yana o‘sha chorrahadan 3 martta mashinamni juda sekin haydab, kameraga yuzimni burib, jilmayib o‘tdim. U meni 3 martta suratga oldi.
Ertasi kuni uyimga 4 ta kvitansiya va meni jilmayib turgan suratlarim keldi. Jarimalarning hammasi xavfsizlik kamarini taqmaganim uchun ekan...!
Bir qiz ko‘chada ketayotsa, o‘g‘ri qizni bir qo‘lini kesib ketibdi. Militsiya xodimi kizdan:
— Nega bir qo‘lizni kesib ketishdi?
Qiz:
— Qo‘limda tilla uzuk va tilla braslet bor edida.
Militsiya:
— Nega baqirmadiz? Odamlarni yordamga chaqirmadiz?
Qiz:
— Bari tishlarim tillodan, boshimni olib ketishsa, o‘laymi? - dermish.
— Pul bormi?
— Yo‘q.ᅠᅠᅠ
— Topsamchi?
— Sizdan o‘ta minnatdor bo‘lardim.
Sud. Narkotik tarqatish ustida ish. Advokat guvoh qo‘shnidan so‘rayapti:
— Ayblanuvchi sizga narkotik berganmi?
— Yo‘q!
— Uning xotinichi, xotini berganmi?
— Kechirasiz, gap hali ham narkotik haqida ketyaptimi?
Qamoqda oʻtirgan mahbus xotinidan xat oldi. Oʻqib chiqqach, kameradoshlari undan soʻrashdi:
— Xotining nima deb yozibdi?
— E, oʻgʻlim yana beshinchi sinfda qoladigan boʻpti… Oilamizni rossa sharmanda qildi yaramas.
Ikki o‘rtoq ta’qiqlangan joyda baliq tutib o‘tirsa, tekshiruvchilar kelib:
— Ov qilishga ruxsatnomangiz bormi? - desa, bittasi o‘rnidan turib, qocha boshlabdi. Tekshiruvchi uni quvlab, yetib olibdi-da:
— Nega qochasan? Hujjating yo‘q-mi? - degan ekan, u yigit ham, — Meni hujjatlarim joyida. Do‘stimni ruxsatnomasi yo‘q edi-da, - dermish.
Bir hayvonlar mamlakatida qaysi hayvon gunoh ish qilib qo‘ysa sochi olinib tashlanar ekan. Bir kuni sher gunoh ish qilib, sochi olinganda hamma ustidan kulibdi. Shu payt u o‘rmonda aylanib yursa, yo‘lidan sichqon chiqib qolibdi. Sher unga:
— Ey sichqon, men mushukka o‘xshaymanmi? – debdi. Sichqon bo‘lsa:
— Haddingdan oshma! Men tipratikanman, — deb baqirib beribdi.
Tergovchi:
— Shu pichoqni taniyapsizmi?
— Ha, ha!
— Oxiri tanidizmi?!
— Tanimay bo‘ladimi? Siz uni menga 2 oydan beri ko‘rsatasiz...
Puli ko‘plar qo‘llaridagi ayfonlarida ko‘chadan pokemonlarni qidirib yurishadi. Ko‘chadagi bezorilar esa ayfonlilarni "ovlab" yurishadi. Militsiya esa bezorilarni ushlashadi. Mana shunaqa band aholi hukumatni umuman bezovta qilmayapti.
Qimor o‘ynab o‘tirgan erkaklar orasida bittasi to‘satdan vafot etibdi. Oila a’zolariga bu shumxabarni qanday yetkazishni bilmay, oxiri eng katta qimorboz borib aytadigan bo‘libdi.
Vafot etgan qimorbozni uyini eshigini xotini ochibdi:
— Bilasizmi, sizni eringiz qimor o‘ynab o‘tirib, hamma narsasini yutqazib qo‘ydi. Mashinani ham, uyni ham, pullarni ham, dalahovlini ham...
— O‘lib ketmaydimi, menga desa, - debdi g‘azablangan xotini.
Bu gapdan yengil tortgan qimorboz shoshilib:
— Shunaqa bo‘ldi, siz aytgandek bo‘ldi! - dermish.