Jinoyatchilar haqida latifalar

Qamoqxonadagi ikki mahbus suhbatidan:
— Nima jinoyat qilganding?
— Bankdan pul o‘g‘irlaganim uchun 8 yil berdi. O‘zingni nega olib kelishdi?
— Toza havo kirsin deb deraza ochganimga 20 yil berdi
— Shunga xam yigirma yil beradimi, bu jinoyat emasu
— Ha, to‘g‘ri, men suv osti kemasida ishlardimda!
Sudya:
— Hurmatli guvoh, siz hozir yolg‘on gapirayapsiz, sizni nimalar kutayotganini bilasizmi?
Guvoh:
— Ha bilaman, bitta Kaptiva va ikki xonali uy kutayapti.
Boy odam bilan o‘g‘ri odam do‘st ekan. O‘g‘ri boydan so‘rabdi:
— Seni seyfingni kodi nechi?
Boy:
— Seyfimni kodini nima qilasan?
O‘g‘ri:
— Agar esingdan chiqib qolsa, senga aytaman.
Boy:
— Kodini bir daftarga yozib qo‘yganman.
O‘g‘ri:
— Daftaring qayerda?
Boy:
— Seyfimni ichida.
Sud jarayoni ketmoqda. Sudya ayblanuvchidan so‘radi:
— Kasbingiz nima?
— Akrobatman!
— Qo‘riqchi, zudlik bilan derazani yoping!!!
Qabulxona eshigida:
Boshliq 10 dan 100000000gacha qabul qiladi.
Afandi qozilik qilib turganda, bir dehqon bilan duradgor arzga keldilar. O‘z foydasiga hukm chiqarishini iltimos qilib duradgor Afandiga eshik, dehqon esa ho‘kiz pora berdi. Afandi masalani kimning foydasiga hal qilish haqida ko‘p o‘ylanib, oxiri dehqon foydasiga hukm chiqardi.
Bundan xafa bo‘lgan duradgor:
— Taqsir, bizning eshik nima bo‘ldi? - deb so‘radi.
— Eshigingizni ho‘kiz suzib sindirib qo‘ydi, - javob berdi Afandi.
Bir bino qulab tushibdi. So‘ng g‘isht, qum va sementni sudga berishibdi.
Birinchi g‘ishtni so‘roqlashibdi:
— Seni qamaymiz, seni deb bino quladi desa.
g‘isht:
— Meni xech qanday aybim yo‘q, meni qanday qo‘yishgan bo‘lsa shunday turdim debdi.
qumga:
— Barchasiga sen aybdorsan, bino seni deb qulagan desa.
qum:
— Men xech narsa qilganim yo‘q. meni qanday qorishgan bo‘lsa shunday turdim debdi.
Oxiri sementga:
— Bino seni deb qulagan, sen aybdorsan desa,
Sement:
— Meni bunga qo‘shmeyla, men bularni orasida yo‘qman debdi.
Allo, militsiya, men yo‘lda qo‘yni bosib yubordim.
— Yo‘l chekkasiga surib qo‘yib, ketishni davom etavering.
— Xop, a velosipedini nima qilay?
— Insofing bormi?! Bir oyda olti kishini bosib ketding-a!
— Olti kishi emas, besh kishini! Bittasini ikki martta bosganman.
Bankni tunagan o‘g‘ri pullarni sanab ko‘rib:
— Bor-yo‘g‘i ellik million ekan..., - dedi g‘azabli ohangda.
Shu payt radiodan: "Shahrimizda joylashgan banklardan birida qo‘poruvchilik sodir etildi. Noma’lum shaxs tomonidan, bir milliard miqdordagi pul o‘g‘rilab ketildi" - degan xabar tarqaldi. O‘g‘rining battar jahli chiqib, o‘ziga-o‘zi ming‘irlab debdi:
— Hayotimni xavf ostiga qo‘yib, atiga ellik million o‘g‘irlay oldim xolos! Bank boshqaruvchisi esa, o‘tirgan joyida to‘qqiz yuz ellik million ishlab oldi-ya...!!!!