Oʻqish-maktab haqida latifalar

— Xo‘sh, Husanov! Yer qanday shaklda?
— To‘rtburchak ustoz.
— Yaxshilab o‘ylab ko‘r! Yerni shakli qanday?
— Uchburchak ustoz.
— Chiq sinfdan! Sendek o‘quvchi hech kimga kerakmas!
— Bekor qildingiz! Ustoz, hali ko‘rishamiz! Yer dumaloq!
Buvisi nabirasi bilan ko‘chada ketayotsa, o‘qituvchisi kelayotganmish.
Buvisi:
— Berkin! O‘qituvching kelyapti! Bugun darsga bormading-ku! - desa, nabirasi:
— Siz berkining! Sizni o‘lib qoldilar deganman, - debdi.
Xotini tug‘ruqxonaga ketgan er to‘ng‘ich farzandini uyqudan uyg‘otib, kiyintirib, choy ichirib bog‘chaga olib boribdi.
— Shu seni bog‘changmi?
— Yo‘q, ada!
Boshqa bog‘chaga olib kelib:
— Shunisimi?
— Yo‘q! Bu bog‘chani hatto ko‘rmaganman ham.
Yana boshqa bog‘chalarga olib kelib:
— Shunisimi? Shunisimi? - deb yursa, o‘g‘li:
— Ada, yana biroz bog‘chama-bog‘cha yursak, maktabimga kech qolamiz! - dermish.
— Maktab bozori qildingizmi?
— Ha! Kundalik, valerianka va kamar sotib oldim.
Maktabda yuqori sinf o‘quvchilari orasida "boshliq" o‘quvchi hammaga laqab qo‘ya boshlabdi.
— Maxmud, seni "Naynov" deyman. Qodir, seni "Polvon" deb chaqiraman. Sarvar, seni "Kimyo" deyman.
Sarvar:
— Nimaga men "Kimyo" bo‘larkanman!?
— Chunki seni ko‘rsam, asabim "o‘ynaydi"!
Maktabda o‘qituvchi bolalardan uyga vazifani tekshiribdi.
Birinchi o‘quvchi:
— Tushunmadim, - debdi.
Ikkinchisi:
— Vaqtim bo‘lmadi, - debdi.
Uchinchisi bo‘lsa:
— Menga bahona qolmadi-ku! - degan ekan.
O‘qituvchi Azizjondan so‘radi:
— Sen katta bo‘lsang kim bo‘lasan?
Azizjon:
— Kambag‘al bo‘lmoqchiman.
O‘qituvchisi:
— Nega? Axir bu yaxshi emas-ku!
Azizjon:
— Chunki dadam ikki qavat hashamatli uylar, qimmatbaho mashinalarni yonidan o‘tayotib, "Qara o‘g‘lim, kambag‘allarni uyi ekan..." - deydilar.
Maktabda ikkita yoshi katta kishilar uchrashib qolibdi:
— Kechirasiz, siz o‘g‘lingizga kelgan bo‘lsangiz kerak?!
— Yo‘q, men sinfdan-sinfga qolaverib maktabni haliyam tugata olmadim. Siz-chi? Turmush o‘rtog‘ingiz o‘qituvchi bo‘lsa kerak, uni kutib olish uchun keldingizmi?
— Qayoqda?! Dadamni darslari tugasa, uyga olib ketish uchun keldim.
Sinf o‘quvchilari "Kim xunukroq" o‘yinini o‘ynayotgan ekan.
Bolalardan biri:
— Bo‘ldi, Akbar yutdi! - debdi.
Akbar bo‘lsa:
— Men o‘ynamayapman, - dermish.
Farzandimdan karra jadvalini so‘rayotgan vaqtimda o‘zimni teleboshlovchiga o‘xshataman.
Hech narsani bilmayman. Lekin bosh chayqab turaman.