Ota-ona haqida latifalar

Arab milliarderiga Germaniyada o‘qiyotgan talaba o‘g‘lidan xat kelibdi:
"Hurmatli dadajon!
Berlin juda chiroyli shahar ekan. Odamlari ham yaxshi. Hamma ishlarim, o‘qishim joyida! Faqat bir muammo bor: men o‘qishga tilla Ferrari mashinamda kelaman. O‘rtoqlarim poyezdda kelishadi. Hatto o‘qituvchilarim ham. Shunga men ba’zida xijolat bo‘laman".
Otasidan javob keldi:
"Sevimli o‘g‘lim!
Xijolat bo‘lishingni istamayman. Seni hisobingga yetarlicha pul o‘tkazdim. O‘zinggga poyezd sotib ol! Bizni uyatga qo‘yma".
— Oyijon, gaz plitamiz nega buncha kir bo‘lib ketdi?
— Akang tuxum qovuribdi.
— Nima, akam tovani topolmabdilarmi?
Maktabdan xursand bo‘lib qaytgan bola otasiga debdi:
— Ada, ada! Men ertaga ona tilidan "5" baho olaman.
Otasi:
— Iye, buni qayerdan bilasan o‘g‘lim?
Bola javob beribdi:
— Bugun o‘qituvchimiz insho yozdirgan edilar. Men sinfimizdagi eng a’lochi qizdan ko‘chirib oldim.
Otasi:
— Nima mavzuda insho yozdinglar?
O‘g‘li:
— "Mening tarjimai holim" mavzusida, - dyebdi.
Dan xodimining bolasi maktabdan 2 baho olib kelibdi.
Otasi shu kun:
— Bolam daftarlaringni olib kel bir ko‘ray, - desa
Bola onasiga:
— Oyijon 2 ni dadam ko‘rsa urishadi. Nima qilay? - desa
Oyisi:
— 10ming daftar orasiga qistirib ber, dadang urishmaydi, - dermish.
Bir kuni bolakay dadasiga debdi:
— Dada, O‘zbekiston qachon jahon chempionatiga chiqadi?
Dadasi boshini qashib turib debdi:
— Bolam, raqib tomon adashib, o‘zini darvozasiga gol urganda, albatta jahon chempionatiga chiqarmiz...
Bir kuni odamxӯrlar makoniga samolyot qulabdi. Shunda bir odamxӯr ӯg‘li bilan samolyot ichidan odamlarni ola turib debdi:
— Bunisini ertalabga yeymiz, bunisini esa tushlikka.
Shunda ӯg‘li styuardessani topib olib:
— Dada, buni kechga yeymizmi? - desa, otasi shunday qarab:
— Yӯq ӯg‘lim, kechga onangni yeymiz! - dermish.
O‘g‘li 18 ga to‘lgan ota, yengil nafas olib o‘g‘liga dedi:
— Oyinga borib ayt, 18 ga kirding, endi aliment to‘lamayman! Qay axvolga tusharkan, menga keyin aytasan.
O‘g‘li hamma gapni oyisiga aytibdi. Oyisi:
— Otangga borib ayt, 18 yil birovni bolasi uchun pul to‘ladi, qay ahvolga tushishini aytarsan, - dermish
Bo‘yi yetgan yigit adasining kalishini ichiga sabzi solib, “dadam meni tushunib oladigan” degan hayol bilan institutga o‘qishga ketibdi. Kechqurun qaytib kelsa, o‘zini kalishini ichida to‘lov-kontrakt shartnomasi turgan emish.
— Azizam, bizning o‘g‘limiz judayam iste’dodli ekan! Bugun stolni ustiga pashshani rasmini chizgan edi, uni o‘ldiraman deb qo‘llarim rosa og‘rib ketdi!
— Bu hali xolva, kecha hammomda u chizgan ilonni ko‘rib, u chizgan eshikka qochganimni etmaysanmi?
Qamoqxonada o‘tirgan bolaga onadan xat kelibdi:
— Bolam ogorodni chopish, kartoshka ekish kerak, endi man qarib qoldim, bir o‘zim qiynalvoman, debdi.
O‘g‘li xat yozib konvertni yuziga, "Onajon ogorodni chopmang sizniyam qamashadi, mangayam srok qo‘shishadi", deb yozib qo‘yibdi.
Bir haftadan keyin onadan xat kelibdi:
— Bolam sandan xat keganidan keyin, uyimizga 4ta militsiya keldi, butun ogorodni chopib tashashdi, debdi.
Bola onaga javob xati yo‘llabdi:
— Ona qo‘limdan kegani shu, kartoshkani o‘ziz amallab ekvolarsiz, dermish.