Salomatlik haqida latifalar
— Doktor ayting-chi, shu gap rostmi? Sog‘liqni hech qanday pulga sotib olib bo‘lmas ekan?!
— Kim aytdi sizga bu ahmoqona gapni?
— Bormayman. Oyoqlarim og‘riyapti.
— Nima bo‘ldi?
— Yoshim 40 dan oshdi.
Tabibni oldiga kelib:
— Ayting-chi, siz shamollab qolsangiz qanday tuzalasiz? - debdi.
Tabib davolanish sirini ipidan ignasigacha aytib beribdi.
Afandi tabibni gapini diqqat bilan eshitgach, "Rahmat" deb chiqib ketibdi.
— Nima uchun operatsiya xonasidan baqirgan ovoz eshitilyapti?
— Bemor baqiryapti.
— Narkoz qilishmadimi unga?
— Hozir qilindi. Hali hushidan ketgani yo‘q.
— Vrach shoshilib qorinni kesib yubordimi?
— Yo‘q. Vrach internetga kirib, "Ok gugl. Appendiks qaysi tarafda joylashgan" degan edi, bemor uni gapini eshitib qoldi.
— Tezroq tuzaling!
— Rahmat doktor!
Agar olmani “qars” etib tishlasangiz, ichida yarimta qurt turgan bo‘lsa undanam yomon.
— Yanami?
Bemorga kapelnitsa qo‘ygan hamshira qiz kravatni bir chetiga o‘tirib olib, telefon o‘ynay boshlabdi.
— Yaxshimisiz bemor?
— Yaxshiman.
— O‘zingizni qanday his qilyapsiz?
— Yaxshi.
— Hozir kapelnitsa tugasa, ahvolingiz ancha yaxshilanadi.
— Kapelnitsa shlankasini ustidan turmasangiz, ahvolim hech qachon yaxshilanmasa kerak...
— Ayting-chi doktor, ularni eri-chi? Uzoq yashay olishadimi?
— Do‘stim, og‘zimdagi hamma 32 ta tishimga tilla qo‘ydirdim. Endi tishimni ehtiyot qilishim, og‘zimda yong‘och chaqmasligim kerak...!
— Menimcha sen endi shuncha tilla tish bilan o‘zingni ehtiyot qilishing kerak.