Tanisuv haqida latifalar
— Yaxshi qiz, yoshingiz nechida?
— Qiz bolani yoshini so‘rash odobsizlik...
— Unaqada, tug‘ilgan kuningiz qachon?
— 22 dekabrda.
— Qaysi yili?
— Ishonasizmi, har yili!
— Siz juda-yam go‘zal qiz bo‘lsangiz kerak?!, - so‘rabdi yigit.
Qiz:
— Nega unaqa deb o‘ylayapsiz?, - debdi qiz nozlanib.
Yigit:
— Tabiat bunday ahmoqlik bilan faqat go‘zallikni uyg‘unlashtira oladi-da...
— U mendan mashinangiz bormi? - deb so‘radi. Men esa:
— Ha albatta, - dedim. Shundan so‘ng u:
— Rostanmi? - dedi.
— Ha, faqat u menga emas, onamga tegishli. Agar menga turmushga chiqsang, u seniki bo‘ladi, - dedim.
U xursand bo‘ldi. Keyin mendan mashinani rasmini jo‘natishimni so‘radi. Men vannaga kirib kir yuvadigan mashinani rasmga olib jo‘natdim. 2 daqiqadan keyin qarasam, u meni bloklab qo‘yibdi. Balki, unga tikuv mashinasi bor yigitlar yoqar???
— Yaxshi qiz, siz bilan tanishsam bo‘ladimi?
Qiz ortiga o‘girilib:
— Yo‘q, - desa, yigit qo‘rqib ketib:
— Voy, xudoga shukur-yey, - dermish.
— Qara anavi qizni. Hozir yigirma yoshli yigit bo‘lsam tanishardim, - desa, ikkinchisi:
— Esingni yeganmisan, yana yigirma yil ishlamoqchimisan? - dermish.
— Yaxshi qiz, gugurtingiz bormi? – desa, qiz:
— Yoʻq, men nosga oʻtganman, - degan ekan.
Onasi:
— Nimasi yoqmadi? Tuppa-tuzuk yigit-ku!
Qiz:
— Yoqmadi! Sariq-mashak! Sochini qarang, sap-sariq!
Qo‘shni xonada qizini gapini eshitib o‘tirgan adasi:
— Tegaver, zarari yo‘q! Sen bilan 1 yil yashasa, sochi oppoq bo‘ladi-ku!
— Xo‘sh, Toshkent qanday shahar ekan?
Xitoylik debdi:
— Chiroyli shahar! Odam ham juda kam ekan.
— O‘g‘lingiz qayerda ishlaydi?
Sovchilar:
— GM avtosalonida, dogovor tarqatuvchi bo‘lib ishlaydi..
Buni eshitib qolgan qizni otasi:
— Qizimiz sizlarniki, - dermish.
— Eshitdingmi? Mamlakatda krizis boshlanibdi.
— Yo‘q eshitmadim. Krizis o‘zi nima u?
— Krizis bu... masalan seni boy odamlardan tanishing bormi?
— Yo‘q!
— Endi bo‘ladi!