Uddaburonlar haqida latifalar

Qamoqxona boshlig‘i elektr stulda o‘tirgan jinoyatchiga qarab:
— So‘nggi tilagingni ayt! Amalga oshiraman!, - debdi.
Jinoyatchi ko‘p o‘ylab o‘tirmay:
— Iltimos, qo‘llaringizni ushlab turay. Shunda qo‘rqmayman!, - dermish.
Bir xotin dugonasiga hasrat qilibdi:
— Erim endi aroq ichmayman deb qasam ichganidan buyon, muzlatgichga solib muzlatib yeyabdi.
Chekka qishloqlarning birida yarim tun... Derazadan kimningdir ovozi eshitilibdi:
— O‘tin kerakmi?
Uy egasi:
— Yo‘q, kerak emas!
Tongda hovlisiga chiqgan uy egasi:
— Voy sho‘rim! O‘tinlarim qani???
Qizaloq buvisiga:
— Keling maktab-maktab o‘ynaymiz, - debdi.
Buvisi rozi bo‘libdi.
Keyin o‘ylab qarasa, bir yildan beri nabirasini uy vazifalarini bajarib berar ekan.
Podsho Afandiga ikki yuzta qo‘y berib, ta’kidladi:
— Shu qo‘ylarning sonini kamaytirmay qo‘zilatib, boqib berasan, — sut-qatig‘i xizmatingga!
Afandi qo‘ylarni haydab sahroga chiqib ketdi. Qarasa: poshsho uni aldab, sovliq emas, hammasiga qo‘chqor bergan ekan. Afandi ham qo‘ylarni bir chekkadan so‘yib yeya berdi, Qo‘ylar tugagach, podshoning muhlati ham tugadi. Afandi uyiga qaytib keldi, ammo o‘rdaga bormadi.
G‘azablangan podsho Afandining uyiga yasovul yuborgan edi, u: «Afandi tug‘ib yotgan ekan» degan xabarni keltirdi.
Tutoqib ketgan podsho Afandining uyiga kelib chaqirgan edi, Afandining xotini bunday javob berdi:
— Afandi tug‘ib yotibdilar, ishingiz bo‘lsa aytib keta qoling, aylanay, o‘zlari hech yerga chiqolmaydilar.
— Iya, er kishi ham tug‘adimi? Bu qanday noma’qulchilik!— qichqirdi podsho.
podshoga javoban xotinining yonida turgan Afandi der edi:
— Taqsirimning qo‘chqorlari tuqqanda, men tug‘sam ajablanadigan joyi bormi?!
Bir yigit taksi to‘xtatib turgan ekan. Matiz, Jiguli kelib to‘xtasa, o‘tirmabdi. Oxiri Kobalt to‘xtagan ekan o‘tiribdi-da, haydovchidan so‘rabdi:
— Isming nima?
— Azamat.
— Sendan bir iltimosim bor Azamat. Hozir yaxshi ko‘rgan qizimni yoniga ketyapman. Uni oldiga borganda, "Menga ruxsatmi xo‘jayin?" deysan. Men "Ha" deyman. Keyin benzinga pul so‘raysan, men senga besh ming beraman. Shu bilan oramiz ochiq, - debdi.
— Haydovchi ham rozi bo‘libdi.
Qizni yoniga yetib borishibdi. Yigit qiz bilan ko‘rishib tursa, kelishilganidek haydovchi — Menga ruxsatmi xo‘jayin?, - debdi.
— Ha ruxsat. Bo‘shsan, - debdi yigit.
Shunda haydovchi:
— Xo‘jayin mashinamizdan shovqin chiqyapti. Yuz ming bering, ustaga ko‘rsatib kelay!, - dermish.
Maktabda dars boshlanib, o‘qituvchi o‘quvchilarga debdi:
— Hozir oraliq imtihon topshirasizlar!
Bir o‘quvchi:
— Kalkulyatordan foydalansak bo‘ladimi?
O‘qituvchi:
— Ha bo‘ladi.
Yana bir o‘quvchi:
— Mendeleyev jadvalidan-chi?
O‘qituvchisi:
— Albatta mumkin! Demak, yozib oling, imtihon mavzusi: "Ikkinchi jahon urushi".
Bir qiz cho‘milgani ko‘l bo‘yiga borib qarasa, bir militsiya xodimidan boshqa hech kim yo‘q ekan. Qiz "mayli" deb yechinib, sekin suvga tusha boshlabdi. Shunda militsiya xodimi kelib:
— Yaxshi qiz, bu yerda cho‘milish ta’qiqlangan, - debdi.
Qizni jahli chiqib:
— Qanaqa odamsiz, nega oldinroq aytmadingiz?! Ko‘rdiz-ku kiyimlarimni yechayotganimni, - debdi.
Shunda militsiya xodimi:
— Yechinish ta’qiqlanmagan, cho‘milish ta’qiqlangan, - dermish.
Bo‘linma komandiri:
— Kim paxta terimiga boradi?
— Men, - deb safdan chiqibdi ikkita askar.
— Barakalla!, - debdi komandir, — Sizlar men bilan mashinada, qolganlar esa piyoda qadam bos!
Poyezd kupesiga bir nimjon kishi kirib:
— Bokschi, kurashchi, umuman sportchilar bormi?, - deb so‘rabdi.
— Yo‘q, - deyishibdi.
— Unda besh mingdan yig‘ib beringlar, - deb, pulni olib, chiqib ketibdi. Bu hol yana uch martta takrorlanibdi. To‘rtinchi martta kirib yana so‘rabdi.
— Bor, - debdi kupedagilardan bittasi.
— Unda shaxmat o‘ynaymiz, yutqazgan ellik ming beradi, - dermish.