Qiz yigitdan so‘radi:
— Lasettingiz bormi?
Bola:
— Yo‘q!
Qiz:
— Narxozda o‘qiysizmi?
Bola:
— Yo‘q!
Qiz:
— 2 etajli uyiz bormi?
Bola:
— Yo‘q!
Qiz:
— Unda sizga bort!
Bola:
— Nima san bilan tanishish uchun Pradoimni sotib Lasetti olishim, Westminster'dan Narxozga perevod qilib, 3 etajli uyimni buzib 2 etaj qilishim keremi? Yo‘q, man bunaqa qilomiyman uzur! Sanga bort!!!
Qiz:
— Alo, alo, man hazillashudim!!!
— Tuuut—tuuut—tuuut
Yangi o‘zbekning bolasi institutga kirish uchun tarixdan ijodiy imtihon topshirmoqda.
Imtihon oluvchi:
— Xo‘sh, aytingchi, rus-yapon urushi qaysi mamlakatlar o‘rtasida bo‘lib o‘tgan?
— Variantlar bormi, domla?
Mevalar suhbatlashib o‘tirishar ekan, yong‘oq maqtanibdi:
— Meni odamni miyasiga o‘xshatishadi - desa,
Olma: meni odamlarning yuziga o‘xshatishadi debdi.
Gilos: meni odamlarning qirmizi labiga o‘xshatishadi desa,
Banan: xijolat bo‘lib kelila temani o‘zgartirili - dermish.
Yarim kechasi bir erkak mast holda uyiga qaytayotib ko‘chadan bir mushukni ushlab qo‘yniga solib olibdi. Eshikni taqqillatsa xotini ochibdi.
Er:
— Tanishib qo‘y, bu maymun junglidan kelib qolgan.
Xotini kulib:
— Voy, qanaqasiga maymun bo‘ladi, bu oddiy mushuk-ku.
— Sen aralashma, men mushuk bilan gaplashyapman.
Ho‘sh, bizning sanatoriy sizga yoqdimi?
— Ha. Sizlarda shu qadar bemaza ovqatlar tayyorlashar ekanki, naqd yetti kiloga ozdim...
Xotin o‘ynashi bilan yotsa eri ishdan erta kelibdi, xotin o‘ynashiga yashirining desa, u televizorni orqasiga yashirinib olibdi. Xotin eshikni ochib:
— Ha, dadasi erta kelibsiz ishdan desa
— Futbol bor ushanga shoshilib keldim deb televizorni qo‘yib futbolni ko‘rib yotib, birdaniga xotin—xotin deb qopti.
Xotini oshxonada endi o‘ldim deb:
— Ha, dadasi desa
Eri:
— Aytsam ishonmaysan, hozir hakam bitta o‘yinchiga qizil kartochka ko‘rsatuvdi, o‘yinchi bizni uydan chiqib ketdi dermish.
Shahar hokimining tomog‘iga suyak tiqilib, o‘ladigan bo‘lib qoldi. Qaratmagan tabibi qolmadi. Hech kim chora qilolmadi. Nihoyat Afandini eslashdi, unga odam yuborildi. Afandi o‘zi kelmay bir parcha qog‘ozga bir nima yozib yubordi.
Hokim qog‘ozni ochib ko‘rishi bilan bo‘yni cho‘zildi-yu, suyak — tomog‘idan o‘tib ketdi.
Odamlar hayron bo‘lib, kog‘ozga qanday duo yozilgan ekan deb qarashsa, Afandi:
— «Poraga kelgan qo‘yning suyagi», deb yozgan ekan.
Podsho Afandiga buyurib qoldi:
— Bugun ta’bim tirriq. Endi o‘zingdan ham qiziq, kuldiradigan odam topib kel!
Afandi «xo‘p» deb chiqib ketdi. Bir ozdan keyin bir jinnini olib keldi. Jinni poyma-poy, almoyi-aljoyi gaplarni gapiraverib, podshoning battar ta’bini tirriq qildi. Uning g‘azabi qo‘zg‘ab, mulozimiga buyurdi:
— Bor, jinniga yuz tayoq ur, jinni keltirganga ikki yuz tayoq ur!
— Ana xolos,— dedi Afandi xandon tashlab kularkan,— jinnining o‘zi bitta edi, jinni keltirgan bilan ikkita bo‘ldi, mana, ur degan bilan uchta bo‘ldi.
Podsho bir kuni Afandi bilan zindonda yotganlarni tekshirishga bordi. Ikkalasi ularning gunohini surishtira boshlashdi. Qamoqda yotganlarning hammasi gunohsiz ekanliklarini, bu yerda nohaq yotganliklarini aytib, arz QILDI. Yolg‘iz birgina kishi o‘zining gunohkor ekanligiga iqror bo‘ldi. Afandi podshoga qarab dedi:
— Podshohi olam, bu gunohkorni darhol zindondan chiqazib yuboring. Bo‘lmasa boshqa gunohsizlarni buzib yuboradi, dermish.
Xotin eriga:
— Dadasi, esingizdami turmush qurmasimizdan ilgari har bir uchrashuvimiz romantika edi. Kechalari tashqariga chaqirardiz, man uydagilardan bekinib oldizga chiqardim. Qanday mazza edi...
Xuddi shunday uchrashuvga taklif kiling! - desa,
Eri:
— Xo‘p Azizam, bugun kechqurun soat 22:00da bolalarni uxlatib, oshxonaga chiq choy ichamiz! - dermish.