Bir korxona rahbari xorijga safarga boribdi. Qaytib kelgach, korxonadagilarga safari to‘g‘risida gapirib berayotgan ekan, ishchilardan biri so‘rabdi:
— U yerdagilar ham o‘zbekcha gapirar ekanmi?
Rahbar o‘ylanib turib:
— Unisini bilmadim-u, lekin o‘zbekcha qarsak chalar ekan, - dermish.
Yosh bolakay onasidan so‘rabdi:
— Oyijon, asal ari asal beradimi?
— Ha bolajonim!
— Nega unda qovoq ari qovoq bermaydi?
O‘rmonga o‘t ketibdi. Daraxtlar, jonzotlar yonib kul bo‘libdi.
Tirik qolgan hayvonlarni sher bir joyga yig‘ib, shunday debdi:
— Hamma joy yonib ketdi. Bularni barchasi tiklanguncha, oramizdagi eng katta hayvonni yeb turamiz.
Sichqon sekin filga qarasa, filni jahli chiqib:
— Ko‘zing teshilgur, nega menga qaraysan?! - dermish.
Bir kishi bank eshigi oldida pista sotar ekan. Do‘sti kelib unga debdi:
— Og‘ayni, 50000 ming qarz berib tura olasanmi?
— Uzr! Men qarz bera olmayman. O‘rtada shartnoma bor, - debdi pistachi.
— Qanaqa shartnoma? - hayron bo‘lib so‘rabdi do‘sti.
— Bank pista sotmaydi, men qarz bermayman...
Bir oligarx kasodga uchrab, bu haqda rafiqasiga ma’lum qilibdi.
— Bilasanmi, biz "Mersedes"ni sotib, "Lada" sotib olishimizga, Rublyovkadagi dang‘illama uyimizni sotib, Moskvadagi kvartiramizga ko‘chib o‘tishimizga to‘g‘ri keladi. Biroq sen meni shunda ham sevaverasan-ku, to‘g‘rimi?.
Rafiqasi esa unga:
— Ha sevaveraman va juda sog‘inaman, - deb javob qaytaribdi
Bir kun ikki do‘st uchrashib qolishibdi.
— Do‘stim, nega ko‘zing ko‘kargan?
— E, ko‘rmaysanmi!? Sport bilan shug‘ullanay deb, tosh ko‘tarishga borgandim. Bir baquvvat sportchi tosh ko‘tarayotgan ekan... Shuni tamosha qilib turgandim...
— Sportchini qo‘lidagi tosh seni ustingga tushib ketdimi?
— Yo‘k!
— Unda nega ko‘zing ko‘kargan?
— Haligi sportchini ustidan kulib yuboribman...
Samolyotda qarg‘a, sher va bo‘ri ketayotgan ekan.
Qarg‘a sherni ustidan kulib, haqorat qilibdi. Buni ko‘rgan bo‘ri ham sherni haqorat qilgan ekan, sher uni samolyotdan uloqtirib yuboribdi-da debdi:
— Uchishni bilmasang, nima qilarding ustimdan kulib?!
Suratxonaga 7 ta boksyor kirib kelibdi va suratchiga deyishibdi:
— Bizlarni 3 ga 4 suratga olib qo‘ysangiz. Har birimizga 2 donadan chiqarib berasiz.
Suratchi rozi bo‘libdi. Suratga tushirish uchun chiroqlarni yoqib, fotokamerasini sozlab tursa, 7 ta bokschilarning 4 tasi bir taraf, 3 tasi bir taraf bo‘lib olib, mushtlashishga shay turib olishganmush.
Vaziyatdan qo‘rqib ketgan suratchi:
— Hoy-hoy, to‘xtanglar! Nima qilyapsizlar?! - desa, bokschilar:
— Suratga olavering! Trenerimiz bizlarga "3 ga 4 suratingizni 2 donadan olib kelasizlar degan" dermush...
Bir insonni buxanka non o‘g‘irlaganlikda ayblab, 1oyga qamashibdi.
O‘g‘ri o‘zicha fikrlab:
— Bitta nonga bir oy qamashdi. Endi bir oy tekinga non berishadi, - dermish.
Muddatli harbiy xizmatga yangi chaqirilgan oddiy askar chodirli shaharcha yo‘lagi bo‘ylab ketar ekan, yonidan o‘tayotgan generalga harbiycha salom bermay o‘tib ketibdi. Hayron bo‘lgan general askarni to‘xtatibdi.
— Mening kimligimni bilasizmi, o‘rtoq oddiy askar?!
— Hoy, yigitlar! — qichqiribdi yosh askar, chodirli shaharchaga qarab, — Bu yoqqa kelinglar, maza qilasizlar. Mana bu qariya o‘zining kimligini esidan chiqarib qo‘yibdi.
Latifa.uz loyihasi haqida
Latifa.uz - har kuni yangi va sara ichakuzdi latifalar, hangomalarni taqdim qilamiz. Turli mavzularda eng zo'r latifalar: er-xotin, sevishganlar, do'stlar, ishxona, bozor, haydovchilar, o'qituvchilar, shifokorlar, 8 mart, yangi yil, futbol, afandi va yana ko'plab mavzularda latifalar birinchi bo'lib bizning saytimizda chiqadi. Vaqtingiz maroqli o'tadi, do'stlar davrasi, choyxona va gaplarda bizning latifalarni aytib davrani bemalol qizdira olasiz. Dolzarb mavzularda kulguli rasmlar, yumorga boy dialoglar ham sizni mutlaqo befarq qoldirmaydi.
Ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan latifalarning aksariyati aynan Latifa.uz saytining kanal va sahifalaridan olinadi. Telegram, Instagram, Facebook, Twitter'da bizning latifalar orqali odamlar bir-biriga hush kayfiyat ulashadilar. Shu bilan birga saytimiz odamlarni kayfiyatini ko'targan holda yoshlarning savodxonlik darajasini oshirish, sifatli matnlar bilan ularni ko'proq mutoalaa qilishga qiziqtirish. Biz internetda seks, porno, zo'ravonlik hamda 18+ matnlarni tarqalishiga mutlaq qarshimiz. Beldan pastga tushmagan samimiy yumor bilan odamlarning hordig'ini mazmunli o'tishiga hissa qo'shish uchun astoydil harakatdamiz, yoshlar orasida erotika va pornografiya tarqalishini oldini olishni to'liq qo'llab quvvatlaymiz.
Agarda biron-bir latifa bo'yicha e'tirozlar bo'lsa, bizga habar bersangiz saytdan o'chirib tashlaymiz.