Bir kuni podshoh xalqi qanday kun kechirayotganiga kiziqib, eski kiyimlarni kiyib olibdi-da, bozorga boribdi. Go‘sht rastasini oldiga borib:
— Bir kilo go‘sht necha pul?
— Besh tillo!
— Nega buncha qimmat?
— Chunki podshohimiz nodon!
Podshoh saroyga qaytibdi. Ertasiga bashang kiyinib, endi soqchilari bilan yana o‘sha go‘sht sotuvchisini oldiga boribdi:
— Assalomu alaykum, podshohim, - debdi sotuvchi.
— Go‘shtni qanchadan sotyapsan? - so‘rabdi podshoh
— Besh tillodan!
— Nega buncha qimmat?!
— Kecha siz nodonga aytdim-ku...
Yoqtirgan qizim yonimda, men mashina haydab ketayotsam, u menga mehrli boqib:
— Meni chin dildan sevarkansiz... Mana hozir ham, men tomonga tez-tez o‘girilib, har daqiqa mendan xabar olib turibsiz...
Men indamadim. "Yo‘llarda avtomobillar ko‘p, yon tomondagi oynalardan orqadagi mashinalarga qarab haydayapman" demayman-ku unga...!
Har kuni ertalab tig‘iz paytda Toshkent shahridagi barcha avtobuslardagi holat:
— Biroz suriling...
— Biroz ozing!
Oyog‘ida tura olmayotgan mast odam uyiga kelib, oshxonadagi muzlatkich eshigini ochibdi-da:
— Sebzorga! Nechi pul? Yo‘q deysanmi...? - debdi.
Keyin nima bo‘lgani esida yo‘q. Ertalab oshxonani bir burchagida uyg‘onib qarasa, muzlatkichni sindirib tashlagan ekan.
Xotini uyg‘onmasidan muzlatkichni olib, ustaxonaga yuguribdi.
Birozdan so‘ng xotini turib, oshxonaga chiqib qarasa, muzlatkich yo‘q emish. Shunda xotini:
— Oxiri ko‘ndiribdi-da Sebzorgacha..., - dermish.
Bir kuni Furqat degan yigit do‘sti Rahmatga debdi:
— Kel, koreyslarga o‘xshab ismimizni oxiriga "li" qo‘yib chaqiramiz.
Rahmat:
— Bo‘lmaydi...
— Nega?
— Men Rahmatli bo‘lib qolaman, - degan ekan.
Sevgan qizim bilan IMOda gaplashib o‘tiribman. U bir daqiqaga turib ketgandi, monitorda otasi ko‘rinib qoldi:
— Assalomu alaykum, - desam, adasi yon-atrofga qarab:
— Yo tavba, kim u??? - deydi...
Bir odam uyini balkoniga chiqib, shaharni tomosha qilib tursa, qafasdagi to‘tisi:
— Hoy anqov, tentak, - debdi.
Egasini kayfiyati tushib, ichkariga kirib ketibdi. Ertasiga yana shu ahvol ...
To‘tisini jazolamoqchi bo‘lib, qafasni ustini yopib qo‘yibdi.
Ikki kundan keyin ochib qarasa, to‘tisiga hech narsa qilmabdi. U yana egasiga qarab:
— Sani tentak desam, g‘irt maraz ekansan-ku, - dermish.
Erta tongda uyiga qaytgan eriga eshik ochgan xotini:
— Ha, nega keldingiz? - debdi.
Eri bo‘lsa o‘zini yo‘qotib:
— Nonushta qilgani..., - dermish.
Militsiyaga bir erkak qo‘ng‘iroq qilyapti:
— Allo, militsiya, xotinim yo‘qolib qoldi!
— Tinchlaning, qayerga ketgan edi xotiningiz?
— Do‘konga deb chiqib ketgandi...
— Xotiningizni belgilari: Bo‘yi? Soch rangi?
— Bilmayman, bo‘yini o‘lchab ko‘rmagandim. Sochini rangini har hafta almashtirib turadi. Oxirgisi yodimda yo‘q!
— Ko‘zini rangi-chi?
— Hecham ahamiyat bermaganman.
— Qanday kiyimda edi?
— Bilmayman ...
— Mashinada ketganmidi?
— Ha, ha. Mashinada!!! Lasetti. Rangi oq, 2015 yil, avtomat korobka, o‘rindiqlar charmdan, galogen chiroqli, qishki shinalar o‘rnatilgan, salonga monitor ham o‘rnatib bergan edim, - deb yig‘lab yuboribdi.
— Havotir olmang, mashinangizni albatta topib beramiz!
— Senga umringda birortasi "go‘zal" deb aytganmi?
— Ha. Bozorda, — Kartoshkadan olib keting, go‘zal qiz! - deb aytishgan...
Latifa.uz loyihasi haqida
Latifa.uz - har kuni yangi va sara ichakuzdi latifalar, hangomalarni taqdim qilamiz. Turli mavzularda eng zo'r latifalar: er-xotin, sevishganlar, do'stlar, ishxona, bozor, haydovchilar, o'qituvchilar, shifokorlar, 8 mart, yangi yil, futbol, afandi va yana ko'plab mavzularda latifalar birinchi bo'lib bizning saytimizda chiqadi. Vaqtingiz maroqli o'tadi, do'stlar davrasi, choyxona va gaplarda bizning latifalarni aytib davrani bemalol qizdira olasiz. Dolzarb mavzularda kulguli rasmlar, yumorga boy dialoglar ham sizni mutlaqo befarq qoldirmaydi.
Ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan latifalarning aksariyati aynan Latifa.uz saytining kanal va sahifalaridan olinadi. Telegram, Instagram, Facebook, Twitter'da bizning latifalar orqali odamlar bir-biriga hush kayfiyat ulashadilar. Shu bilan birga saytimiz odamlarni kayfiyatini ko'targan holda yoshlarning savodxonlik darajasini oshirish, sifatli matnlar bilan ularni ko'proq mutoalaa qilishga qiziqtirish. Biz internetda seks, porno, zo'ravonlik hamda 18+ matnlarni tarqalishiga mutlaq qarshimiz. Beldan pastga tushmagan samimiy yumor bilan odamlarning hordig'ini mazmunli o'tishiga hissa qo'shish uchun astoydil harakatdamiz, yoshlar orasida erotika va pornografiya tarqalishini oldini olishni to'liq qo'llab quvvatlaymiz.
Agarda biron-bir latifa bo'yicha e'tirozlar bo'lsa, bizga habar bersangiz saytdan o'chirib tashlaymiz.