Xotin erta tongda eriga:
— Azizim, tushimda menga tilla zanjir sovg‘a qilgan emishsiz. Bu nimani anglatarkin-a?
— Kechqurun bilasan, - debdi eri.
Xotin erining kelishiga chiroyli dasturxon bezatibdi-da, o‘zi ham yasanib olibdi. Eri kelishi bilan nozlanib erkalanib:
— Menga nima olib keldingiz?, - desa, eri:
— Mana, “Tushlar ta’biri” kitobi. Ushla, bu senga! Boshqa boshimni qotirma!, - dermish.
Eri yarim kechasi uyga ko‘chadan shirakayf kirib kelsa, xotini jahl bilan:
— Yana ichib-chekib, kayfu-safo qilib yuribsanmi ?, - desa, eri:
— Azizam, xasadgo‘ylik yomon! Bu odatingni tashla!, - debdi.
Bir yigit do‘stiga maqtanibdi:
— Do‘stim bilasanmi, kecha shunaqa “ketvorgan” negr qiz bilan tanishdim... Qaddi-qomati kelishgan, sochlari jingalak, o‘zi shirinso‘z, ...
— Xo‘sh keyin nima bo‘ldi?
— Keyin biz tungi klubga bordik. Klub ichkarisi juda-yam qorong‘i ekan jin ursin!
— Nima bo‘ldi?
— Qorong‘ida uni yo‘qotib qo‘ydim.
Tilla baliq Maksim Galkinga qarab debdi:
— Bor, ketaver! Seni kampiringda hamma narsa bor.
Hindu negrga qarab:
— Hindumisan ?, - debdi.
— Yo‘q, negrman!, - javob beribdi negr.
— Hindumisan?
— Yo‘q, negrman dedim-ku?!
— Hindumisan deyapman?
— Ha hinduman!!!
— Lekin negrga o‘xsharkansan ...
Poyezd kupesiga bir nimjon kishi kirib:
— Bokschi, kurashchi, umuman sportchilar bormi?, - deb so‘rabdi.
— Yo‘q, - deyishibdi.
— Unda besh mingdan yig‘ib beringlar, - deb, pulni olib, chiqib ketibdi. Bu hol yana uch martta takrorlanibdi. To‘rtinchi martta kirib yana so‘rabdi.
— Bor, - debdi kupedagilardan bittasi.
— Unda shaxmat o‘ynaymiz, yutqazgan ellik ming beradi, - dermish.
Bir yigitni akasi Rossiyadan telefon qilib:
— Voy uka, men bu yerda onamni ko‘rib yuribman, - debdi.
Ukasi bo‘lsa:
— Men onamni oldidaman. Meni ham ko‘ryapsizmi?!, - dermish.
Bir yigit sehrli chiroqni topib olibdi-da, uni ishqalabdi. Shu payt ichidan jin chiqib:
— Tila tilagingni..., - debdi.
Yigit ham shoshilib qolib:
— Tinch okeani ustidan o‘tadigan ko‘prik qurib ber!, - deb yuboribdi.
— Esing joyidami?! U okean bo‘lsa... O‘zingga foydaliroq narsani so‘rasang-chi, - desa, yigit:
— Dunyodagi barcha ayollarni javramaydigan qilib qo‘y!, - debdi.
Jin ham o‘ylanib turib:
— Qayerga ko‘prik qurish kerak edi...?, - dermish.
Millionlab insonlar telefon naushniklarini simi chigal bo‘laverishidan aziyat chekadi.
Shuning uchun Apple kompaniyasi Iphone7 uchun simsiz naushniklarni ishlab chiqardi. Endi ular chigal bo‘lmaydi — shunchaki yo‘qolib qoladi.
— Men fermerman. Yetti mingta qo‘y boqaman. U ham yetmagandek, o‘g‘lim Toshkentda o‘qiydi. Uni domlasini-yam qo‘shib boqaman.
Latifa.uz loyihasi haqida
Latifa.uz - har kuni yangi va sara ichakuzdi latifalar, hangomalarni taqdim qilamiz. Turli mavzularda eng zo'r latifalar: er-xotin, sevishganlar, do'stlar, ishxona, bozor, haydovchilar, o'qituvchilar, shifokorlar, 8 mart, yangi yil, futbol, afandi va yana ko'plab mavzularda latifalar birinchi bo'lib bizning saytimizda chiqadi. Vaqtingiz maroqli o'tadi, do'stlar davrasi, choyxona va gaplarda bizning latifalarni aytib davrani bemalol qizdira olasiz. Dolzarb mavzularda kulguli rasmlar, yumorga boy dialoglar ham sizni mutlaqo befarq qoldirmaydi.
Ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan latifalarning aksariyati aynan Latifa.uz saytining kanal va sahifalaridan olinadi. Telegram, Instagram, Facebook, Twitter'da bizning latifalar orqali odamlar bir-biriga hush kayfiyat ulashadilar. Shu bilan birga saytimiz odamlarni kayfiyatini ko'targan holda yoshlarning savodxonlik darajasini oshirish, sifatli matnlar bilan ularni ko'proq mutoalaa qilishga qiziqtirish. Biz internetda seks, porno, zo'ravonlik hamda 18+ matnlarni tarqalishiga mutlaq qarshimiz. Beldan pastga tushmagan samimiy yumor bilan odamlarning hordig'ini mazmunli o'tishiga hissa qo'shish uchun astoydil harakatdamiz, yoshlar orasida erotika va pornografiya tarqalishini oldini olishni to'liq qo'llab quvvatlaymiz.
Agarda biron-bir latifa bo'yicha e'tirozlar bo'lsa, bizga habar bersangiz saytdan o'chirib tashlaymiz.