Ishdan xursand bo‘lib qaytgan eridan xotini so‘rabdi:
— Nega bugun xursandsiz?
— Meni ishdan bo‘shatishdi, - debdi er.
— Axir buni nimasiga xursand bo‘lyapsiz?
— Qolganlarni qamashdi-da xotin..., - dermish eri.
Poyezdda ketayotgan erkak chekish uchun yo‘lakka chiqibdi. Bir payt qarasa, poyezd relsdan chiqib, o‘rmon tomonga yurib va yana relsga qaytayotgan emish. Ko‘zlariga ishonmasdan mashinistni oldiga yugurib borib:
— Nima qilyapsiz?, - debdi haligi odam.
Mashinist esa:
— Poyezd relsida bir yigit o‘tirgan ekan. Shu yigitni quvladim, - debdi xotirjam.
— Xo‘sh, qochib ketdimi? - qiziqib so‘rabdi yo‘lovchi erkak.
— Yo‘q, o‘rmonga kirmasidan yetvoldim. Keyin ortimga qaytdim, - dermish mashinist.
Yigit bilan qiz bir-birlarini qanchalik qattiq sevishini isbot qilmoqchi bo‘lib, ko‘p qavatli uyning tomiga chiqishibdi:
—Uchgacha sanab birgalikda sakraymiz, - debdi yigit.
— Xo‘p, shunday qilamiz, - debdi qiz ham.
Yigit bir, ikki, uch degan ekan qiz pastga sakrabdi, yigit esa sakramasdan tepada qolibdi. Yigit bir payt qarab tursa, pastga tushib borayotgan qizning katta parashyuti ochilgan ekan...
Xotin eriga:
— Bugun dugonalarim bilan biror joyda o‘tirmoqchidik.
— Aniqroq gapir! Seni mast holda topishim osonroq bo‘lsin, - dermish er.
Polkovnik generalga erishilgan muvaffaqiyatlar haqida hisobot bermoqda:
— ... harbiy qismda ayniqsa, tartib-intizom sohasida ulkan yutuqlarga erishdik, - deb tursa,
Shu payt qiya ochiq eshikdan askar mo‘ralab:
— Ey qariya, mashinangni minib ketyapman, xo‘pmi?
Polkovnik hayratda qolgan generalga o‘girilib:
— Mana ko‘rdingizmi, yarim yil oldin ular hatto so‘rab ham o‘tirishmasdi, - dermish.
Shifoxonaga og‘ir ahvoldagi uch futbolchini olib kelishibdi. Shifokor ularni olib kelgan odamlardan qanday sabab bilan shu ahvolga tushib qolishganini so‘rash uchun qo‘liga qalam bilan qog‘oz olib, dastlab birinchi futbolchining oldiga yaqinlashdi. Qarasa, birinchi bemor futbolchi tirjayib qotib yotganmish.
— Bu nimaga tirjayib qotib qolgan?
— Eh, so‘ramang, ko‘rmaganni ko‘rgani qursin, bu futbolchi 20 yildan buyon hujumda o‘ynagan, umrida birinchi bor gol kiritdi. Shunga xursandchilikdan shu shaklda qotib qoldi.
Shifokor ikkinchi bemorning oldiga yaqinlashdi. Uyam tirjayib qotib yotganmish.
— Xo‘sh, bu nimaga tirjayib yotibdi?
— Bu himoyachi faoliyati davomida har bir o‘yinda qizil kartochka olib, maydondan haydalgan. Lekin bugun hakam unga hech qanday kartochka ko‘rsatmadi. Shunga quvonchdan.
Do‘xtir tushunarli deganday bosh irg‘ab, navbatdagi bemorning oldiga yaqinlashdi:
— Bu nimaga qotib qolgan unda?
— Tog‘li hududda mashg‘ulot olib borayotgandik, momaqaldiroq bo‘layotgandi. Uzoqroqqa ketgan to‘pni olib kelishga ketganda uni yashin urdi.
— Iya, unda nimaga tirjayib turibdi?
— U suratga olishyapti, deb o‘ylagan.
Bir odam hayotdan to‘yib, yashagisi kelmay o‘zini osishga qaror qilibdi. Daryo ustidan o‘tgan ko‘prikka arqon bog‘labdi. Arqonni bo‘ynidan o‘tkazib, o‘zini suvga tashlagan ekan, arqon uzilib ketibdi. U odam esa suzishni bilmas ekan. Bir amallab tipirchilab-tipirchilab qirg‘oqqa chiqib olibdi. Qirg‘oqda turib:
— Eh, xudoga shukur! O‘zimni osaman deb cho‘kib ketishimga sal qoldi-ya!, - dermish.
Bir kuni chumchuq pastroq uchib ketayotib, katta tezlikda kelayotgan mototsikl bilan to‘qnashib ketibdi. Mototsiklchi to‘xtab, chumchuqni olib, uyiga boribdi. Qushni qafasga qo‘yib don va suv solingan idishni oldiga qo‘yibdi. Chumchuq hushiga kelib qarasa, qafasda ekan. Suv va donga qarab turib:
— Jin ursin! Mototsiklchini o‘ldirib qo‘yibmanku, - degan ekan.
— Allo azizim, mashinamdagi navigatorga sen tegdingmi?
— Ha, Samarqandga qanday borilishini ko‘rib chiqgan edim.
— Aytdim-a, nega bu shaharga kelib qoldim deb!
— Dada, mana bu granata degandiz, shuni ichini ochib bering, - debdi bolakay.
— O‘g‘lim, bu inson hayoti uchun havfli! Bu yoqqa ber!, - deb o‘g‘lining qo‘lidan olib qo‘ysa, bola xafa bo‘lib:
— Dangasaga ish buyursang - aql o‘rgatadi, - dermish.
Latifa.uz loyihasi haqida
Latifa.uz - har kuni yangi va sara ichakuzdi latifalar, hangomalarni taqdim qilamiz. Turli mavzularda eng zo'r latifalar: er-xotin, sevishganlar, do'stlar, ishxona, bozor, haydovchilar, o'qituvchilar, shifokorlar, 8 mart, yangi yil, futbol, afandi va yana ko'plab mavzularda latifalar birinchi bo'lib bizning saytimizda chiqadi. Vaqtingiz maroqli o'tadi, do'stlar davrasi, choyxona va gaplarda bizning latifalarni aytib davrani bemalol qizdira olasiz. Dolzarb mavzularda kulguli rasmlar, yumorga boy dialoglar ham sizni mutlaqo befarq qoldirmaydi.
Ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan latifalarning aksariyati aynan Latifa.uz saytining kanal va sahifalaridan olinadi. Telegram, Instagram, Facebook, Twitter'da bizning latifalar orqali odamlar bir-biriga hush kayfiyat ulashadilar. Shu bilan birga saytimiz odamlarni kayfiyatini ko'targan holda yoshlarning savodxonlik darajasini oshirish, sifatli matnlar bilan ularni ko'proq mutoalaa qilishga qiziqtirish. Biz internetda seks, porno, zo'ravonlik hamda 18+ matnlarni tarqalishiga mutlaq qarshimiz. Beldan pastga tushmagan samimiy yumor bilan odamlarning hordig'ini mazmunli o'tishiga hissa qo'shish uchun astoydil harakatdamiz, yoshlar orasida erotika va pornografiya tarqalishini oldini olishni to'liq qo'llab quvvatlaymiz.
Agarda biron-bir latifa bo'yicha e'tirozlar bo'lsa, bizga habar bersangiz saytdan o'chirib tashlaymiz.