Bir kuni o‘rmonga bo‘rilar to‘dasi bostirib kelibdi. Daraxt panasida berkinib yotgan quyonni ushlab olib, unga:
— O‘rmondagi eng yuvvosh jonzodni yeymiz, - deyishsa,
— Agar sherga tegsalaring, yirtaman!, - debdi quyon.
Yaqindagina haydovchilik guvohnomasini olgan yigit mashinasini burib olishga qiynalib tursa, bir yosh bola o‘tib qolibdi:
— Hoy bola, mashinamni haydayman, qarab tur. Agar simyog‘ochga tegsa aytasan, xo‘pmi?
— Ho‘p bo‘ladi, haydang, haydayvering, - debdi bola.
Bir vaqt "qars" etgan ovoz chiqsa.
— Tegdi amaki, - dermish.
Mashhur jamoa futbolchisi o‘z uyiga sport muxbirlarini chaqirib, uyida bor texnika anjomlarini birma-bir ko‘rsata boshlabdi:
— Mana bu televizor, bu konditsioner, bu muzlatgich, mikroto‘lqinli pech, ...
Muxbirlar hayron bo‘lib, futbolchidan nega bularni ko‘rsatayotganini so‘rashsa:
— Sizlar nuqul "bu futbolchini texnikasi yo‘q", deb gazetaga yozasizlar, sizlarga yana qanaqa texnika kerak?, - dermish.
— Yoshingiz nechida?
— Hamisha yoshman. Go‘zal va sohibjamolman. Uyalmaysizmi ayol kishidan yoshini so‘ragani?!
— Xaddingizdan oshmang ayblanuvchi! Savollarimga to‘g‘ri javob bering. Siz sud zalidasiz axir...
O‘g‘li otasidan so‘rayapti:
— Dada, omadsiz hazil nima degani?
— Ertalab oying mendan paynetga pul olib, kechqurun yana telefon raqami qarzga kirganligini aytishi- omadsiz hazil deyiladi-da o‘g‘lim.
— Oyijon, omadsiz hazil nima u???
— Bu degani, dadajoning menga to‘ydan avval katta kompaniyani rahbariman deb, to‘ydan keyin esa g‘irt bekorchiligi ma’lum bo‘lgani,- debdi onasi.
— Bizni rahbar juda aldoqchi, ammo adolatli.
— Qanaqasiga, axir uni aldoqchi deyapsan-ku?
— Ha, u hammani baravariga aldaydi.
Bemor kasallik varaqasini vrachga berdi. Vrach uni varaqlab:
— Ishlar chatoq, ahvol og‘irga o‘xshaydi. Shu yoshda ham shunchalik bo‘ladimi?
Bemorning rangi oqarib, qo‘rqib so‘radi:
— Doktor, ahvolim judayam yomonmi?
— Ha, ko‘zoynaksiz o‘qiy olmayapman...
Yetti yoshga to‘lgan bolani birinchi sinfga o‘qishga olib ketayotishsa, u dod solib baqirardi:
— Nimaga?, qaysi aybim uchun to‘qqiz yil???
Abdurayim tog‘a eski zaparojets mashinasida ketayotib, bexosdan yangi malibuni orqasidan urib yuboribdi.
Malibuni haydovchisi avtomobilidan jahl bilan tushib:
— Mashinamni dabdala qildingiz-ku, tuzatib berasiz, - deb baqira ketdi.
Abdurayim tog‘a esa pinagini buzmay:
— E, qanaqa odamsan? Tirik qoldik, soppa-sog‘miz shukur qilsang-chi. Mashina temir bo‘lsa, topiladi, - debdi.
Bu ham yetmagandek, Abdurayim tog‘a mashinasi ichidan aroqni olib, - salomat qolganing uchun, - deb malibuning haydovchisiga ichirib yuboribdi.
Shunda mashinasi pachoq bo‘lgan malibu egasi:
— Siz ham ichmaysizmi amaki?, - desa
— Shoshmay tur, GAIlar kelib-ketishsin, - dermish...
Bir hafta och qolgan sher, hayvonlar qiroli hayvonot bog‘ining qorovuli ekanini tushunib yetibdi!
Latifa.uz loyihasi haqida
Latifa.uz - har kuni yangi va sara ichakuzdi latifalar, hangomalarni taqdim qilamiz. Turli mavzularda eng zo'r latifalar: er-xotin, sevishganlar, do'stlar, ishxona, bozor, haydovchilar, o'qituvchilar, shifokorlar, 8 mart, yangi yil, futbol, afandi va yana ko'plab mavzularda latifalar birinchi bo'lib bizning saytimizda chiqadi. Vaqtingiz maroqli o'tadi, do'stlar davrasi, choyxona va gaplarda bizning latifalarni aytib davrani bemalol qizdira olasiz. Dolzarb mavzularda kulguli rasmlar, yumorga boy dialoglar ham sizni mutlaqo befarq qoldirmaydi.
Ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan latifalarning aksariyati aynan Latifa.uz saytining kanal va sahifalaridan olinadi. Telegram, Instagram, Facebook, Twitter'da bizning latifalar orqali odamlar bir-biriga hush kayfiyat ulashadilar. Shu bilan birga saytimiz odamlarni kayfiyatini ko'targan holda yoshlarning savodxonlik darajasini oshirish, sifatli matnlar bilan ularni ko'proq mutoalaa qilishga qiziqtirish. Biz internetda seks, porno, zo'ravonlik hamda 18+ matnlarni tarqalishiga mutlaq qarshimiz. Beldan pastga tushmagan samimiy yumor bilan odamlarning hordig'ini mazmunli o'tishiga hissa qo'shish uchun astoydil harakatdamiz, yoshlar orasida erotika va pornografiya tarqalishini oldini olishni to'liq qo'llab quvvatlaymiz.
Agarda biron-bir latifa bo'yicha e'tirozlar bo'lsa, bizga habar bersangiz saytdan o'chirib tashlaymiz.