Latifa.uz saytida eng ko'p ovoz olgan latifalar ro'yxati.
Avtomobilga yonilg‘i quyish shoxobchasida:
— Sizni ogohlantirib qo‘yay, bugundan benzinning narxi oshdi.
— Yaxshi, menga kechagi benzindan ellik litr quying.
Suv ostida uzoq turish bo‘yicha musobaqa o‘tkazilibdi. Bitta yosh yigit, bitta kishi va afandi qatnashibdi.
Yigit suvni tagida o‘n minut, boyagi kishi esa yigirma minut nafas olmay turishibdi.
Navbat afandiga kyelibdi. Afandi suv ostida yarim soat qolib ketibdi. Chiqganida hamma undan so‘ray boshlabdi:
— Qanday qilib buncha vaqt suv tagida tura oldingiz?, - deyishsa, afandi:
— La’nati shimim ilinib qolmaganida allaqachon chiqardim, - dermish.
— Nega bu ishni qildingiz?, - so‘rabdi vrach bemordan.
— Meni xotinim tashlab ketdi, - debdi bemor.
— Xotiningiz tashlab ketsa, beshinchi qavatdan o‘zingizni tashlab yuborish shartmi?!
— Tushunmadingiz doktor! Xotinim meni tashlab yubordi ...
Paxta terimi boshlanib, hamma ishchilar dalaga chiqishibdi. Bir yigit hammadan ko‘p paxta terib, rekord o‘rnatibdi. Rahbarlar xursand, do‘stlari tabriklashibdi, hamma joyda shov-shuv ko‘tarilibdi. Bir payt uchta paxtakor uni imlab, bir chetga chaqirishibdi-da:
— Yangilikni eshitdingmi?, - deyishibdi.
— Yo‘q, - debdi yigit.
— Manavini ichib ol, keyin aytamiz, - deb bir piyola aroq uzatishibdi.
Yigit ichib:
— Nima gap? Aytinglar, - desa, boyagi paxtakorlar yana bir piyola aroq uzatib:
— Buniyam ich, xabarni eshitishing osonroq bo‘ladi, - deyishibdi.
Shunday qilib unga yana uch piyola aroq ichirishibdi-da, g‘irt mast bo‘lib bir chyetda yotgan yigitga qarab:
— Endi gapni eshit! Hozir bu yerga televideniyadan kelishadi. Eng namunali paxtakor deb seni suratga olishmoqchi ekan, - deyisharmish.
Bir kuni GAI xodimi haydovchiga:
— Qani, "Kuf" deng-chi, - debdi.
Haydovchi darhol tekshiruvchini cho‘ntagiga yuz mingni solib qo‘yibdi.
Pulni olib, yana "Kuf" deyishini talab qilibdi. Shunda haydovchi yana ellik ming beribdi. GAI xodimi esa:
— Yo‘q! Birinchi galdagidek "kuflang", - dermish.
Do‘konga chiqib kelishini so‘ragan xotin erining qo‘liga xarid ro‘yxatini tutqazibdi:
1. Non
2. Tuxum
3. Quruq choy
4. Sovun
5. Pivo
Er do‘kondan qaytgach, xotin xarid qilingan narsalarni xaltadan ola boshlabdi: Bitta non, ikkita tuxum, uch quti quruq choy, to‘rtta sovun va besh shisha pivo.
Jahli chiqqan xotin eriga hech qanday e’tiroz bildirolmabdi-yu, lekin keyingi safar pivoni ro‘yxatning boshiga yozishni yodidan chiqarmabdi.
Tarix darsida o‘qituvchi bir o‘quvchiga savol berdi:
— Fransiya - Prussiya urushi haqida nima bilasan?
O‘quvchi o‘rnidan turdi, lekin undan sado chiqmadi.
— Nega gapirmayapsan?
— Dadam urush-janjalga aralashma deganlar.
Bog‘da bir yigit yonida o‘tirgan notanish qizni o‘pib olibdi. Hech qanday qarshilik bo‘lmagach, u qizni yana o‘pibdi-da, hayron bo‘lib so‘rabdi:
— Nega indamay o‘tiribsiz?
— Oyim hech qachon begona erkaklar bilan gaplashmagin deb tayinlaganlar.