Latifa.uz saytida eng ko'p ovoz olgan latifalar ro'yxati.
Bir bola adasi bilan yo‘lda ketayotsa, uzoqdan qizlar ko‘rinibdi.
Adasi:
— O‘g‘lim, qizlarni ko‘rdingmi? Ularni yonida meni “aka” deb chaqirgin, - debdi.
Bolakay:
— Havotir olmang ada. Oyimni ham ko‘chada “opa” deb chaqirishga o‘rganib qolganman, - dermish.
Charchagan ot cho‘chqaga dardini aytibdi:
— Xo‘jayin nuqul ertalabdan kechgacha omochda yer haydatib, hamma ishlarni qildiradi. Qornimni to‘ydirmasdan olib kirib tashlaydi.
Cho‘chqa:
— Xo‘jayinni ustidan "Hayvonlarni himoya kilish jamiyati"ga shikoyatnoma yoz!, - debdi.
Shunda ot:
— Ey, yo‘q, bu to‘g‘ri kelmaydi. Agar xo‘jayinim yozish va o‘qishni bilishimni payqab qolsa, kechasi bilan bolalarini darsini qildiradi, - dermish.
Ikkita jinni kasalxonadan qochib ketibdi. Vrachlar, militsiya xodimlari ularni qidirib topa olishmabdi. Kechki payt ikkala jinni, qaytib kelibdi. Sheriklari ularga:
— Nega qaytdilaring? Silarni rosa qidirib, topa olishmadi-ku, - desa.
Ikki jinni:
— Bugun biz repetitsiya qildik, endi ertaga qochamiz, - dermish.
Maktabda o‘qituvchi bolalarga: — Aytinglarchi, bizga oy yaqinmi Amerikami? — Oy yaqin! — Qanaqasiga axir bolalar?! — Oy bizga ko‘rinib turadi. Amerika esa umuman ko‘rinmaydi, uzoqda!
Xitoy vokzalida yigit bilan qiz uchrashib qolibdi.
Yigit:
— Chan-chun mixaaa, - desa, qiz:
— Miankshinuka, - debdi.
— Kua miankshinuka, - debdi yana yigit.
Huddi bir narsani tushunayotgandek, davomini o‘qiyotganingizni qarang!
Boyning o‘g‘li imtihonda:
— Birinchi jahon urushi qachon bo‘lgan?
— 1914-1918 yillarda.
— O‘tiring, besh!
O‘rtahol oilaning farzandi imtihonda:
— Birinchi jahon urushi qachon bo‘lgan?
— 1914-1918 yillarda.
— Nechta odam halok bo‘lgan?
— Bir million uch yuz mingga yaqin.
— O‘tiring, besh!
Kambag‘al oilaning farzandi imtihonda:
— Birinchi jahon urushi qachon bo‘lgan?
— 1914-1918 yillarda.
— Nechta odam halok bo‘lgan?
— Bir million uch yuz mingga yaqin.
— O‘lganlarning familiyasini sana!
Xotini tug‘ruqxonaga ketgan er to‘ng‘ich farzandini uyqudan uyg‘otib, kiyintirib, choy ichirib bog‘chaga olib boribdi. — Shu seni bog‘changmi? — Yo‘q, ada! Boshqa bog‘chaga olib kelib: — Shunisimi? — Yo‘q! Bu bog‘chani hatto ko‘rmaganman ham. Yana boshqa bog‘chalarga olib kelib: — Shunisimi? Shunisimi? - deb yursa, o‘g‘li: — Ada, yana biroz bog‘chama-bog‘cha yursak, maktabimga kech qolamiz! - dermish.
Qari otaxon bankdagi omonat pullarini hammasini olib ketibdi-da, yarim soatdan keyin kelib yana bankka qo‘ymoqchiligini aytibdi. — Axir pullaringizni hozirgina olib ketdingiz-ku?! - debdi bank xodimi. Otaxon unga: — Hamma pullarim joyida turganmikan deb sanab ko‘rdim-da bolam, - dermish.