Doda latifalar

Latifa.uz saytida eng ko'p ovoz olgan latifalar ro'yxati.
Maktabda o‘qituvchi bolalarga:
— Aytinglarchi, bizga oy yaqinmi Amerikami?
— Oy yaqin!
— Qanaqasiga axir bolalar?!
— Oy bizga ko‘rinib turadi. Amerika esa umuman ko‘rinmaydi, uzoqda!
102
Xitoy vokzalida yigit bilan qiz uchrashib qolibdi.
Yigit:
— Chan-chun mixaaa, - desa, qiz:
— Miankshinuka, - debdi.
— Kua miankshinuka, - debdi yana yigit.
Huddi bir narsani tushunayotgandek, davomini o‘qiyotganingizni qarang!
128
Xotini tug‘ruqxonaga ketgan er to‘ng‘ich farzandini uyqudan uyg‘otib, kiyintirib, choy ichirib bog‘chaga olib boribdi.
— Shu seni bog‘changmi?
— Yo‘q, ada!
Boshqa bog‘chaga olib kelib:
— Shunisimi?
— Yo‘q! Bu bog‘chani hatto ko‘rmaganman ham.
Yana boshqa bog‘chalarga olib kelib:
— Shunisimi? Shunisimi? - deb yursa, o‘g‘li:
— Ada, yana biroz bog‘chama-bog‘cha yursak, maktabimga kech qolamiz! - dermish.
102
Maktab o‘quvchisi ona tili ustozidan so‘rabdi:
— Ustoz, o‘zbek tiliga rus tilini aralashtirib gapirish mumkinmi?
Ustoz debdi:
— Konechno mumkin emas!
101
Bir shilqim oshnasi bilan ketayotib, otda sayr qilib yurgan bir go‘zalni uchratib qoldi va do‘stiga dedi:
— Oh, shu go‘zalning oti bo‘lib qolsam ham mayli edi!
— So‘rab ko‘rchi, balki eshakda sayr qilishga ham rozi bo‘lar, taklif qildi sherigi.
223
— Aytinglar-chi bolalar, olmani daraxtdan qachon uzamiz?
— Bog‘bon uxlaganda va iti bog‘lab qo‘yilganida.
121
Maktablarda o‘quv yili onlayn tarzda tugashini eshitib qoldim.
Endi sinf remonti uchun pulni nima qilishadi...?
153
O‘qituvchi:
— Valijon, Vatan bu nima?
Vali:
— Vatan - bu o‘rmonlar, dalalar, bog‘lar....
O‘qituvchi:
— Yo‘q sen adashding! Vatan - bu sening onang. Qani endi, Anvarjon, sen ayt-chi, Vatan nima ekan?
Anvar:
— Vatan Valining onasi ekan.
O‘qituvchi:
— Yo‘q, sen ham adashding! Vatan sening ham onang. Tushundingmi?
Anvar:
— Ha, tushundim.
O‘qituvchi:
— Nimani tushunding?
Anvar:
— Men Vali bilan aka-uka ekanligimni tushundim.
91
Yangi kelin instagrammga kirmoqchi ekanini eriga aytgan ekan, eri qulog‘ini tagiga "layk" qo‘yib yuboribdi.
230
Xotin eriga:
— Qo‘shnimiz har kuni ishga ketayotib, xotinini yuzidan o‘pib ketadi. Nega siz hecham unaqa qilmaysiz? - desa, er hayron bo‘lib xotiniga:
— Qanaqasiga o‘pib ketaman axir?! U birovni xotini bo‘lsa...!
96