Latifa.uz saytida eng ko'p ovoz olgan latifalar ro'yxati.
Maktabda yuqori sinf o‘quvchilari orasida "boshliq" o‘quvchi hammaga laqab qo‘ya boshlabdi. — Maxmud, seni "Naynov" deyman. Qodir, seni "Polvon" deb chaqiraman. Sarvar, seni "Kimyo" deyman. Sarvar: — Nimaga men "Kimyo" bo‘larkanman!? — Chunki seni ko‘rsam, asabim "o‘ynaydi"!
Bir kuni samolyotda uchayotgan odam hadeb, — Ey xudo, ishqilib samolyot qulab tushmasin, - deb nola qilaveribdi. Yonida o‘tirgan yo‘lovchilardan birining jahli chiqib, — nega hadeb ming‘illayverasiz?! Men samolyotlarda ko‘p uchganman, u ishonchli, hech narsa qilmaydi!, - debdi. Qo‘rqayotgan yo‘lovchi yana gapira boshlabdi:
— Do‘stim, siz bilmaysiz! Velosipedga o‘tirsam, pedali sinib ketadi. Taksiga o‘tirsam, tormozi ishdan chiqadi. Avtobusni esa baloni teshilib qoladi, - debdi.
Shu payt salonga styuardessa kirib:
— Hurmatli yo‘lovchilar! Samolyot tinch okeaniga qulamoqda. Hozir har biringizga xushtak tarqataman. Uni chalsangiz, sizga akula hujum qilmaydi, - debdi.
Boyagi yo‘lovchi jon holatda:
— Ana ko‘rdingizmi?! Hozir menga berilgan xushtak yo ishlamay qoladi, yoki akulaning quloqlari kar bo‘ladi, - dermish.
Samoda uchayotdan samolyot to‘satdan qulay boshlabdi. Bortdagilarning hammasi parashyutlarda sakrab qolibdi. Faqatgina bitta styuardessa samolyot bilan birga kimsasiz orolga tushibdi. Qiz qo‘rquvdan hushidan ketibdi-yu, o‘ziga kelgach ko‘zlarini ochib qarasa, soch-soqollari o‘sgan bir kishi olovda go‘sht pishirib o‘tirganmush.
— Siz kimsiz? Bu yerga qanday kelib qoldingiz?, - debdi styuardessa.
— Jinoyatchiman. O‘n besh yil oldin jinoyatlarim uchun shu yerga tashlab ketishgan. Jazolashmoqchi edi, mazza qilib go‘shtxo‘rlik qilib yuribman, - debdi haligi odam.
— Menga ham go‘shtdan bering.
— Buni evaziga nima berasan?
— Siz o‘n besh yildan buyon sog‘ingan narsani...
Haligi kishi xursandchilikdan o‘rnidan sakrab turib, qizni quchoqlab olibdi-da:
— Nahotki, nahotki bu yerga NOS olib kelgan bo‘lsang, - dermish.
Ishga kayfiyatsiz kelgan yigitdan do‘sti so‘rabdi: — Nega kayfiyating yo‘q? — Xotinim bilan urishib qoldim. — Nega urishding? — Yangi ko‘ylak sotib olgan ekan. "Meni semiz ko‘rsatmayaptimi?" deb so‘radi. — Sen nima deding? — To‘g‘risini aytdim.
Bir kishi psixolog yoniga kelib debdi: — Hayotimdan zerikdim. Yorqin, qiziqarli voqealar yetishmaydi! — Sayyohatga boring, - debdi psixolog. — Yer sharini yarmini aylanib chiqdim. Bu ham mayli vertolyotda uchib, paroshyutdan sakradim. Xullas hamma narsa qilib ko‘rdim. Biror o‘zgarish bo‘lishini xohlayman, - debdi kishi. — Unda, - debdi psixolog, - ikkinchi xotin oling. — Ikkinchi xotinim ham bor, - debdi kishi. — Bu gapni endi birinchi xotinga ayting. O‘shanda hayotingizda katta o‘zgarishlar bo‘ladi.
Bitta sodda yigit uylanibdi, chimildiqqa kirib jim yotaveribdi. Toqati toq bo‘lgan kelinni jahli chiqib:
— Keling joyimizni almashamiz, - debdi.
Kuyov divanni aylanib o‘tib yotibdi. Birozdan keyin kelin yana asabiylashib:
— Man o‘rnashmadim, joyizga o‘ting. Haa ustimdan o‘turing, - debdi.
Kuyov kelinni ustidan o‘tayotgan ekan, kelin uni belidan mahkam ushlab:
— Bo‘ldi endi bir qo‘chqor bo‘lib bering, - desa.
Kuyov:
— Baaaa, - dermish
Dushanba kuni ishga ko‘zi qizarib kelgan xodimdan boshliq so‘rayapti:
— Ha ko‘rinishing bir ahvol, shanba yakshanba yana ichibsan-da?
— Yo‘q, ishni sog‘inib yig‘layverib shu ahvolga tushib qoldim.
Ayol kishi mashina boshqarib ketyapti. Yonida eri o‘tiribdi: —Adasi, manavi piyoda jonidan to‘yganmi?! 10 daqiqadan beri mashinani oldiga tushib olib yugurib ketyapti, - debdi xotini. Eri bo‘lsa: — Piyodalar yo‘lagida yurma deb senga necha martta aytganman! – debdi.
Poshsho Afandini masxaralash maqsadida saroy ahlini yig‘ib, farmoni oliy o‘qidi:
— Biz bugundan boshlab Nasriddin Afandini eshak boshilik martabasiga muvofiq ko‘rdik...
Afandi o‘rnidan turib poshshoga ta’zim qildi va borib taxtdan ham yuqoriroq bir joyga borib o‘tirdi.
— Ha, Afandi, — dedi poshsho,— nima uchun mendan ham yuqoriroqqa o‘tirdingiz?
Afandi qo‘lini ko‘tarib dedi:
— Taqdirga tan bering, shohim! Men o‘z vazifamni bajarishga kirishdim!