Latifa.uz saytida eng ko'p ovoz olgan latifalar ro'yxati.
Oq ayiq o‘rmonda ketayotsa, yo‘lidan "ko‘cha ko‘rgan" eshak chiqib qoldi. Eshakdan so‘rabdi: — Hoy eshak, shimoliy qutbga qanday borsa bo‘ladi? — Bilmadim. Biroz kutib tur, og‘aynilarimdan so‘rab kelay, debdi eshak. Birozdan so‘ng u bir to‘da eshaklarni yetaklab kelib, oq ayiqqa, — Shimoliy qutb qayerdaligini bilmadim-u, lekin mani eshak deganing uchun endi javob berasan, - debdi.
Qariya yosh yigitga debdi: — Aqling bo‘lsa, chiroyli qizga uylanma! — Nimaga? – so‘rabdi yigit. — Chiroylisi tashlab ketadi. — Xunuk qizlar ham tashlab ketsa-chi? — E xunugi daf bo‘lib ketmaydimi!?
— Sevgilim, tarelkadagi tort bo‘lagini yeb ko‘r!
— Rahmat qornim to‘q, yemayman.
— Asalim, qara juda shirin tort! Hech bo‘lmasa bir tishlamgina yegin.
— Rahmat, qornim to‘q.
— Ozgina tatib ko‘r.
— Bas qiling! Man soat oltidan keyin hech nima yemayman!
— Tortni tanovul qil ahmoq. Uni ichida uzuk bor! Sanga uylanmoqchiman-ku tushunmayapsanmi. Romantikani ham beliga tepding!
Ikkita piyonista ichib olib, ketayotsa oldidan ko‘zgu chiqib qolibdi. Ko‘zguda o‘zini aksini ko‘rib biri ikkinchisiga, “Do‘stim shu ketishda ichaversak, 10 yildan keyin ko‘rinishimiz shu ahvolda kelib qoladi-yov”, - dermish.
Xotinining janjallaridan to‘yib ketgan er ortiq bundan yashab bo‘lmasligini tushunib yetibdi. “Bir nima qilishim kerak!” deb o‘ylabdi-da, shartta derazani ochib tokchaga chiqibdi. 6-qavatdan pastga qarab tursa, xotini chiqib qolibdi:
— Nima qilyapsiz, adasi? – debdi xotini.
— Xayr xotin! Ortiq sen bilan yashay olmayman! Jonga tegdi! Hozir o‘zimni shu yerdan tashlayman! – debdi eri.
Xotini yugurib oshxonaga kirib ketibdi. Zum o‘tmay, qo‘lida axlat chelak bilan chiqib debdi:
— Adasi shuni ham olib keting. Baribir pastga ketyapsiz-ku...!
Talaba yigit do‘stidan so‘rabdi:
— Sen shaharni mendan yaxshiroq bilasan. Temuriylar muzeyi qayerda?
Do‘sti ko‘p o‘ylanib o‘tirmay:
— Albatta bilaman. 1000 so‘mlik pulni orqa tarafida turibdi-ku, - dermish.