Ota-onalar majlisida maktab direktori:
— Hurmatli ota-onalar! Sizlardan iltimos, qizlaringizni “O‘qishga kira olmasang, erga berib yuboraman” deb qo‘rqitmanglar! Bilgan savollariga ham noto‘g‘ri javob berishmoqda.
— Oyijon, bugun maktabda “Kim bo‘lsam ekan?” mavzusida insho yozdik. — Juda yaxshi! Sen kim bo‘laman deb yozding? — Men kelin bo‘lmoqchiman deb yozdim.
O‘g‘li kompyuter oldidan hech ketmayotganini ko‘rgan onasi oshxonada turib unga debdi:
— Kelaqol o‘g‘lim, ovqat tayyor!
— Hozir oyijon, hozir.
Onasi yana unga:
— Kelaqol endi, ovqating sovib qoladi...
O‘g‘li o‘rnidan turib oshxonaga kirib borsa, onasi tezgina yugurib borib, kompyuter oldiga o‘tiribdi-yu, xursand bo‘lib o‘ziga-o‘zi:
— Yana aldandi, laqma! – dermish.
Yaxshi ko‘rgan qizim bilan do‘konga kirib narsa xarid qildim-da o‘zimni ko‘rsatib qo‘ymoqchi bo‘lib, sotuvchiga:
— Qaytimi kerak emas! - desam, sotuvchi:
— Pulingiz kam chiqdi, to‘xtang! – deb qolsa bo‘ladimi…!
Yangi boylardan biri avtomobil do‘koniga kiribdi.
Sotuvchi:
— Keling, xizmat? Sizga qanday avtomobil kerak?
— Eng zo‘r avtomobil xarid qilmoqchiman.
— Mana Ford Fokus rusumidagi yangi model, -deb maqtab ketibdi sotuvchi.
— Nimasi Fokus ekan buni?!
— O‘tiring marhamat, ko‘rsataman.
Sotuvchi rulga o‘tirib, avtomobilni juda katta tezlikda haydabdi.
— Hoy to‘xtat, axir daraxt turibdi ro‘parada, -deb baqiribdi yangi boy.
— Havotir olmang, ko‘zingizni yuming, hozir fokus ko‘rasiz, -debdi-da, boy ko‘zini yumgach, daraxtni yonidan aylanib o‘tibdi.
— Yangi boy xayratlanib, avtomobilni sotib olibdi.
Uyga kelgach, barchaga fokus ko‘rsatmoqchi bo‘lib, avtomobilga o‘tirishlarini aytibdi.
— Endi hamma ko‘zlarini yumsin, biz hozir mana shu daraxt orasidan o‘tib ketamiz, bu fokus, -debdi.
Yangi boy avtomobilni chunonam tez haydabdi-ki, ular ulkan daraxtga borib zarb bilan urilibdi. Pachoqlangan avtomobil ichidan yangi boyning zo‘rg‘a ovozi eshitilibdi:
— Ming la’nat, qaysi biring ko‘zingni yummaganding?!
Bir kuni afandi yangi lagan sotib olib, uyiga ketayotib yo‘lda o‘ylab qolibdi: “Hozir bu laganni uyga olib borsam, bolalarim yerga tushirib sindirishadi. Keyin uni tuzatishga yana olib kelaman” debdi-da, laganni shartta yerga tashlab, sindirib, kulolga olib borib yelimlatib, keyin uyiga olib ketgan ekan.
2 ta sevishganlar suhbati.
— Jon sigaret chekasiz-a?
— Ha, kent 8.
— 1 kunda qancha chekasiz?
— 1 kunda 1 pachka. Nima edi?
— Necha yoshingizda boshlagansiz?
— 15 yoshimdan, nimaga so‘ravossan o‘zi?
— Agar sigaret chekmaganizda hozir Malibu da yurgan bo‘lardiz.
— San o‘zing chekasanmi?
— Yo‘g‘e, joooon nimala divos?!!!
— Unda qani Malibu?
Yarim tunda xilvat ko‘chadan ketayotgan sportchi yigitni oldidan 2 ta bezori chiqib, “Kurtka bilan soatni yech!” deyishibdi. Sportchi yigit bezorilarni biridan kurtkasi, ikkinchisidan soatini yechib olibdi.