Doda latifalar

Latifa.uz saytida eng ko'p ovoz olgan latifalar ro'yxati.
Er-xotin televizorda qo‘rqinchli film ko‘rib o‘tiribdi.
Ekranda mahluq paydo bo‘pti.
— Voy, oyijon! - deb xotini baqirsa, eri:
— Taniding-a! - debdi.
160
— Assalomu alaykum doktor. Sizga ko‘zimdan shikoyat qilib keldim! Oxirgi paytda judayam qiynalib ketdim. Oshxonaga kiraman deb, molxonaga kirib ketayapman. Uyimga kiraman deb, qo‘shnimnikiga kirib ketyapman. Yaxshilab davolamasangiz bo‘lmaydi!
— Sizni tezda davolamasa bo‘lmas ekan. Axir bu yer bank-ku...
152
Yigit qizdan so‘radi:
— Yaxshi qiz, bir ko‘rishda muhabbatga ishonasizmi?
— Albatta, menda bunaqangi vaziyat juda ko‘p bo‘lib turadi.
353
Ba’zi qizlar go‘zalmas. Ba’zi go‘zallar qizmas...
319
Erkakshunos olimlardan biri uzoq yillik ilmiy tajribalaridan so‘ng, erkaklarga quyidagicha ta’rif beradi:
— Erkaklarni yer sharining hamma yerida uchratish mumkin;
— Ular sut emuvchilar oilasiga mansub bo‘lib, asosan, uylanish orqali ko‘payishadi;
— Ichmasa odamlarga deyarlik xujum qilmaydi;
— Go‘sht, tuxum, kolbasa, o‘pka, jigar, buyrak, kalla pochani sevib iste’mol qilishadi. Ba’zan xotinlari pishirgan narsalar bilan ham oziqlanadilar;
— Fe’li o‘zgaruvchan bo‘lib, necha yil umr ko‘rishi xotiniga bog‘liq;
— Eng katta xatosi, xotini borligidadir;
— Erkaklar asosan 4 turga bo‘linadi: semiz, oriq, uzun va kalta.
— Ular soatiga 20-25 km tezlikda harakatlanadilar. Ichib olganda esa soatiga 50 sm tezlik bilan yuradilar;
— 20 yoshgacha bo‘riga, 35 yoshgacha yo‘lbarsga, 40 yoshgacha sherga, 50 yoshgacha ayiqqa, undan keyin esa, musichaga o‘xshab qolishadi...
Eng asosiysi:
... Tabiatda uning yagona kushandasi - xotinidir. Xotinini ko‘rganida tashqi ko‘rinishida qizarish, qaltirash, til aylanmay qolishi, nafas siqishi va telefonidagi smslarni o‘chirishga urinish kabi salbiy holatlar kuzatiladi.
163
Komandir safdagi askarlarga:
— Orangizda kim dushman tarafga yashirincha borib, hujum rejasini bilib kela oladi?, - debdi.
Safdan bir gruzin askar chiqib:
— Men boraman, - debdi.
— Yaxshi, - debdi komandir, — Biz senga uchta granata va boshingga bitta kaska beramiz.
— Menga aksincha, bitta granata va uchta kaska beraqoling, - deb askar dushman tomonga ketibdi.
Oradan bir soat o‘tibdi, ikki soat o‘tibdi ... Gruzin askardan xabar yo‘q emish. Komandir bitta askarni ortidan jo‘natib, — Qarab kel-chi, nima gap ekan, - deb yuboribdi.
Xabar olishga ketgan askar qaytib kelib komandirga:
— Anavi gruzin safdoshimiz dushmanlarni o‘rtasiga o‘tirib olib, "Top-chi granata qaysi kaskani tagida! Topa olmading. O‘rtadagi kaskani tagida ham emas. Yana o‘n ming pul va hujum rejasini ber buyoqqa" deb o‘ynab o‘tiribdi, - dermish.

243
Bola "Telegram"da o‘tirib kun kechirganini sezmay qolibdi. Bir payt eshik taqillabdi.
Bola:
— Eshik ochiq.
Bir pasdan keyin, eshik yana taqillabdi.
Bola:
— Eshik ochiq, kiravering dedim-ku, — desa.
Adasi eshikni ochib:
— Tur-eee, padaringa la’nat hojatxonaga kirganinga besh soat bo‘ldi, chiqsang kiramanmi?!
300
Hayvonot bog‘ida Gorillaning banani yo‘qolib qoldi. Shunda Gorilla e’lon yozib daraxtga ilib qo‘ydi:
— Mening bananimni kim o‘g‘irlaganini topib olsam, oyoq-qo‘li va qulog‘ini uzib olaman, — deb yozibdi Gorilla.
Ertasi kuni e’lon tagida yangi yozuv paydo bo‘libdi.
— Garov o‘ynayman, uzib ololmaysan, — deb javob yozibdi Ilon.
257
Bir kuni afandi anhor yonidan oʻtib ketayotsa, suvga choʻkayotgan bolani koʻrib qolibdi.
Afandi suvga sakrab, uni qutqarib olib, uyiga olib boribdi.
Bolani tashlab ketayotsa, ota-onasi unga rahmat ham aytmabdi.
Afandi koʻchaga chiqsa, bir payt bolani otasi orqasidan yugurib chiqibdi.
Shunda afandi:
— Mayli, qoʻyavering, hojati yoʻq... Men bolangizga chin dildan yordam berdim, - desa, otasi:
— Bolamni boshida shapkasi bor edi, qani? - dermish.
158
Ovchi yigit ovdan katta ayiq bilan qaytayotsa, qo‘shnisi ko‘rib qolib, so‘rabdi:
— Hormang qo‘shni! Ov zo‘r bo‘pti-ku!
— Ha, miltig‘imda uch dona o‘q bor edi. Birinchisini otdim, tegmadi. Ikkinchisini otdim tegmadi. Uchinchisi ham...
— Unda ayiqni qanday o‘ldirdingiz?
— Ayiq meni miltiqdan otishimni ko‘rib, kulaverib o‘lib qoldi.
146