Latifa.uz saytida eng ko'p ovoz olgan latifalar ro'yxati.
Millioner qariya betob bo‘lib qolsa, hamma qarindoshlari yig‘ilib olibdi. — Ayting doktor, umid qilsak bo‘ladimi? - deyishsa, doktor: — Umid qilmanglar! Bu oddiy shamollash, o‘tib ketadi, - dermish.
Bir kuni o‘g‘ri qo‘shnisini tovug‘ini o‘g‘irlab, daryo bo‘yida so‘yib, patlarini tozalab o‘tirganakan, tovuqni egasi kelib qolibdi. O‘g‘ri tovuqni go‘shtini suvga tashlab, patlarini qo‘liga ushlab olibdi.
— Tovug‘im qani? Nima qilding? - deb baqira boshlabdi tovuqni egasi. O‘g‘ri bo‘lsa:
— Tovug‘ing cho‘milyapti, men uni kiyimlarini ushlab turibman, - dermish.
Okeanda qaroqchilar bir kemani qo‘lga olishibdi. Kemada amerikalik, rossiyalik va o‘zbek bor ekan. Qaroqchilarga kapitan:
— Amerikalik va rossiyalikni olib qoling, ishlatamiz. O‘zbekni esa dengizga tashlab yuboringlar, - deb buyruq beribdi.
Shunda qaroqchilar hayron bo‘lib so‘rashibdi:
— Nimaga ularni olib qolib, o‘zbekni tashlab yuboraylik???
— Eeee, hozir "G‘opir akani taniysanmi....Salim akani taniysanmi???" dyeb, quloq-miyani yeb, odamni asabiga tegadi, - debdi qaroqchilarning kapitani.
Yangi rus boyi kafega kiribdi. Kafeda bir qancha odam bor ekan. Aynan rusning ro‘parasida esa bir o‘zbek o‘tirgan ekan. Haligi rus bu o‘zbekni bir boplay, deb barmenga "Mana bu o‘zbekdan tashqari hammaga mening hisobimdan quy!", desa.
O‘zbek rusga qarab: "Rahmat, rahmat", - deb qo‘yibdi.
Rus gapini barmenga yana qaytarsa, o‘zbek yana "rahmat, rahmat", - debdi.
Haligi rus hayron bo‘lib barmendan:
— Bu nega menga unday deyapti, kim o‘zi bu?", - desa,
Barmen rusga:
— Bu kishi, mana shu kafening xo‘jayini Abdurahmon-aka bo‘ladi, - debdi.
Xotin eriga: — Qo‘shnimiz har kuni ishga ketayotib, xotinini yuzidan o‘pib ketadi. Nega siz hecham unaqa qilmaysiz? - desa, er hayron bo‘lib xotiniga: — Qanaqasiga o‘pib ketaman axir?! U birovni xotini bo‘lsa...!
Kitob sotuvchi xaridorlardan biriga «Kulgili hikoyalar» kitobini uzatib:
— Shu kitobni oling, juda qiziq, kulaverib o‘lasiz,— dedi.
— O‘zingiz bu kitobni o‘qiganmisiz?—so‘radi xaridor.
Ularning gapiga quloq solib turgan Afandi kitob sotuvchiga ishora qilib:
— O‘qigan bo‘lsa tirik qolarmidi,— dedi.