Latifa.uz saytida eng ko'p ovoz olgan latifalar ro'yxati.
To‘ylariga bir hafta qolganda qiz bo‘lajak turmush o‘rtog‘iga debdi: — Sizga gunohlarimni ochiq-oydin gapirib bermoqchiman. Yigit hayron bo‘lib: — Axir 3 kun oldin hamma gunohlaringni aytib berganding-ku?! - desa, qiz: — Yangilari bor! - debdi.
Bir kuni Afandi do‘kondan bonusli Soca-cola sotib olibdi. Qopqog‘ini ochib qarasa, "Yana urinib ko‘ring" degan yozuv chiqibdi. Shunda afandi qopqoqni qaytadan yopib-ochayotganmush.
Yangi yilga ikki kun qolganda rahbar ofisga kirib kelibdi:
— Assalomu alaykum, o‘rtoq boshliq!
— Salom. Sen yangi kelganlardansan-a?
— Ha, shunday!
— Topishmoq aytaman top! "Kim ichmaydi, chekmaydi. Yangi yilda navbatchilikda qoladi!"
— ...
Boy ota o‘g‘lini institutdagi imtihonlarni topshirib olishi uchun o‘qituvchilar bilan "kelishib" qo‘yibdi.
— O‘g‘limni bilimi sal pastroq. Sizdan iltimos, osonroq savol bersangiz...
O‘qituvchi rozi bo‘libdi. Imtihon boshlanibdi. Navbat boyning o‘g‘liga kelibdi.
— Sizga oson savol beraman. Abdulla Oripovning "O‘zbekiston" she’rini kim yozgan? - debdi o‘qituvchi.
Haligi yigit o‘ylanib turib:
— Shukur Burxonov, – dermish.
Ikkita og‘ayni o‘rtog‘ini uyiga mehmonga kelibdi. Bitta yigit darvozani oyog‘i bilan tepib do‘stini chaqiribdi. Yonidagi yigit: — Nega darvozani tepding? - desa, yigit: — Shunday qilsam, qo‘li band ekan, quruq qo‘l bilan kelmagan deb o‘ylaydi-da keyin darvozani ochadi, - debdi.