Latifa.uz saytida eng ko'p ovoz olgan latifalar ro'yxati.
Uch og‘ayni suhbatlashib qolishibdi. Birinchisi:
— Men o‘tgan yili yangi yilni Gavaya orollarida kutib olgandim.
Ikkinchisi:
— Men esa, okean tubida kutib olganman. Ajoyib bo‘lgandi...
Uchinchisi:
— Ikkaloving ham men bilan choyxonada kutib olgansan! Kamroq ichish kerak edi!
80 yoshdan oshgan otaxon tanishiga debdi: — Yoshim ham bir joyga borib qoldi-yu, juda hayotga intilishim katta. Uzoqroq umr ko‘rgim, bir nimalar qilgim keladi. Nima qilsam ekan-a? Tanishi otaxonga debdi: — Bankdan kredit oling, uni oyma-oy to‘lang, bolalarni kontraktini to‘lang! O‘shanda o‘z-o‘zidan bu hissiyotlaringiz yo‘qoladi...
Tolibi ilm piru komilining huzuriga kelib so‘radi: — Ustoz, men abadiy yashashni xohlayman, buning uchun nima qilishim kerak? — Uylan! — Nega? Shunda abadiy yashaymanmi? — Yo‘q. Ammo shu xohishing yo‘qoladi.
Bir kuni Furqat degan yigit do‘sti Rahmatga debdi:
— Kel, koreyslarga o‘xshab ismimizni oxiriga "li" qo‘yib chaqiramiz.
Rahmat:
— Bo‘lmaydi...
— Nega?
— Men Rahmatli bo‘lib qolaman, - degan ekan.
— Dada "Mujik" nima degani?
— "Mujik" degani - o‘zi ishlab, pul topib, oilasini boqadigan inson!
— Dada, katta bo‘lsam men ham oyimga o‘xshab mujik bo‘laman!
To‘ylariga bir hafta qolganda qiz bo‘lajak turmush o‘rtog‘iga debdi: — Sizga gunohlarimni ochiq-oydin gapirib bermoqchiman. Yigit hayron bo‘lib: — Axir 3 kun oldin hamma gunohlaringni aytib berganding-ku?! - desa, qiz: — Yangilari bor! - debdi.