O‘qituvchi dars vaqtida o‘quvchisini burchakka turg‘azib qo‘yib, qo‘yibdi:
— Sen shu ahvolda katta bo‘lsang kim bo‘lasan?!
Shunda o‘quvchi:
— Men katta bo‘lsam, quruvchi bo‘laman! Burchagi yo‘q sinf xonalar quraman...
Ko‘chada ketayotgan yigitni oldidan bir lo‘li chiqib:
— Ako keling, bir fol ko‘ray! Agar yaxshi xabar aytsam, 2000 so‘m berasiz. Yomon xabar aytsam, 1000 so‘m, - debdi.
Yigit rozi bo‘lib, qo‘lini uzatibdi.
Lo‘li yigitni kaftiga qarab:
— Xotiningiz homilador ekan. Yaqinda egizak o‘g‘illaringiz bo‘ladi, - desa,
Yigit xursand bo‘lib, 2000 uzatibdi.
Lo‘li 1000 so‘mni qaytib berib:
— Shoshmang ako, oxirigacha eshiting. Bolalarni otasi siz emassiz..., - dermish.
Qo‘shni sinf xonadan kelayotgan shovqindan dars o‘ta olmagan o‘qituvchi shartta yonidagi sinfga kiribdi-da, hech narsa demay, tik turib gapirayotgan bolani qulog‘idan tortib o‘zini sinfiga olib kirib o‘tkazib qo‘yibdi.
Birozdan keyin eshik taqillab bir o‘quvchi kiribdi-da debdi:
— Kechirasiz, boya bizni o‘qituvchimizni quloqlaridan tortib olib chiqib ketgan edingiz. Qaytarib berasizmi?
Badavlat odam uyga qaytib kelib, xotiniga debdi:
— Senga 2 ta yangiligim bor. Biri-yaxshi, ikkinchisi yomon!
— Mayli, yomonidan boshlayvering! – debdi xotini.
— Bugun kozinoda o‘ynab, bor boyliklarimni yutqazib qo‘ydim. Yaxshi yangiligimni eshit! O‘sha kozinoni o‘zi menga tegishli bo‘lib chiqdi...
— Nimaga Xitoyda korrupsiyaga qarshi kurash biznikiga qaraganda yaxshi natija berib kelmoqda? — Chunki Xitoyda buning uchun budjetdan pul emas o‘q-dori ajratishadi.
Zokirboy ismli qozoq yigit Moskvaga boribdi. Aeroportida hojatxonaga kirmoqchi bo‘lib, “J” deb yozilgan eshik jigitlarniki deb eshikni tortsa, ichkaridagi rus ayol "zakrivay- zakrivay" deb ayol qichqiribdi. Zokirboy bo‘lsa “Hoy, sen meni ismimni qayerdan bilasan?" dermish.