Latifa.uz saytida eng ko'p ovoz olgan latifalar ro'yxati.
Firma rahbari sekretariga:
— Bir haftaga komandirovkaga boramiz, uyingizga xabar bering, - debdi.
Sekretar eriga telefon kilib:
— Men bir haftaga komandirovkaga ketayapman, - debdi.
Er paytdan foydalanib o‘ynashiga telefon qilib:
— Bir hafta menikida turasan, xotinim yo‘q, - debdi.
O‘ynashi repititor ekan, o‘quvchisiga telefon qilib:
— Bir hafta o‘qitolmayman, bir oz dam olgin, - debdi.
O‘quvchi bobosiga telefon qilibdi:
— Bobojon meni bir hafta darsim yo‘q ekan, meni shahar aylantiring.
O‘quvchining bobosi haligi firma rahbari ekan, yo‘q deya olmabdida sekretariga:
— Komandirovka qoldirildi, - debdi.
Sekretar eriga telefon qilib:
— Komandirovka qoldirildi, - debdi.
Er o‘qituvchi o‘ynashiga telefon qilib:
— Endi iloji yo‘q, xotinim komandirovkaga bormaydigan bo‘ldi.
O‘qituvchi o‘quvchiga telefon qilib:
— Dars o‘tadigan bo‘ldik, - debdi.
O‘quvchi, bobosi firma rahbariga telefon qilib:
— Bobo shahar aylanish qoldirildi, boshqa safarga.
Firma rahbari sekretarga:
— Tayyorlaning komandirovkaga boramiz...
— Nimaga Xitoyda korrupsiyaga qarshi kurash biznikiga qaraganda yaxshi natija berib kelmoqda? — Chunki Xitoyda buning uchun budjetdan pul emas o‘q-dori ajratishadi.
Maktabga shoshilayotgan o‘g‘lini onasi kiyintirayotsa, yonidan o‘tib ketayotgan adasi kinoyali kulib debdi:
— Kap-katta bola haligacha o‘zing kiyina olmaysanmi!?
O‘g‘li ham otasiga qarab:
— O‘zingiz ham yosh bolaga o‘xshab haligacha oyimni oldida uxlaysiz-ku! – degan ekan.
— Sigiring qanday qilib kuniga 30 litr sut beradi?
— Bu juda oson. Men ertalab molxonaga kiraman-da, “Bugun sut ichamizmi yoki go‘sht yeymizmi?” - deyman.
Imtihonga kirgan talaba savollarga javob topa olmay shiftga qarab o‘tirsa, o‘qituvchi ko‘rib:
— Madiyarov! Nega imtihonga tayyor emassan?! Mayli senga bir savolim bor. Topsang, imtihondan o‘tding hisob! – debdi.
Talaba xursand bo‘lib:
— Mayli ustoz! Nima savol ekan? Tezroq aytaqoling! – debdi.
O‘qituvchi:
— Shu xonada nechta lampochka bor? Faqat qaramasdan javob ber! – desa, talaba:
— Oltita, - debdi.
— Topa olmading. Yettita bor, - deb cho‘ntagidan 1 ta lampochka chiqaribdi o‘qituvchisi.
Ertasi kuni qayta topshirishga kirgan talaba yana yozmay o‘tiraveribdi.
O‘qituvchi yoniga kelib debdi:
— Yana shu ahvolmi Madiyarov?! Mayli, yana o‘sha gap. Bu xonada nechta lampochka bor? Topsang, bahoing - besh!
— Albatta yettita, ustoz! – debdi talaba.
— Bekorlarni aytibsan! Bugun meni cho‘ntagim bo‘m-bo‘sh, - desa, Madiyarov:
— Lekin meni cho‘ntagimda lampochka bor! – deb cho‘ntagidan lampochkani chiqargan ekan.
Uchta inoq do‘stlar dam olishga Turkiyaga borishibdi. Mehmonxonani 45-etajiga joylashib olishibdi. Tushlikni birinchi qavatda yeb bo‘lgach, xonalariga chiqmoqchi bo‘lib qarashsa, lift ishlamayotgan ekan. Zinada chiqishdan boshqa ilojlari qolmagach, chalg‘ish uchun har biri navbatma-navbat latifa aytib chiqishga kelishibdi.
Birinchisi o‘n beshinchi qavatgacha latifa aytib, o‘rtoqlarini kuldirib chiqibdi. Keyin ikkinchisi o‘ttizinchi qavatgacha kuldiribdi. Navbat uchinchisiga kelgan ekan, u do‘stlariga qarab:
— Hozir bir narsa aytaman, kulaverib, ichagingiz uziladi, - debdi. Do‘stlari qiziqib, — Nima ekan? Ayt-chi, - deyishsa:
— Xonamizni kaliti birinchi qavatda qolib ketibdi, - debdi.