Zokirboy ismli qozoq yigit Moskvaga boribdi. Aeroportida hojatxonaga kirmoqchi bo‘lib, “J” deb yozilgan eshik jigitlarniki deb eshikni tortsa, ichkaridagi rus ayol "zakrivay- zakrivay" deb ayol qichqiribdi. Zokirboy bo‘lsa “Hoy, sen meni ismimni qayerdan bilasan?" dermish.
Institutda so‘nggi para ketmoqda. Qorni och, charchagan talabalar o‘qituvchiga debdi:
— Ustoz, iltimos bizga ruxsat berib yuboring...!
O‘qituvchisi:
— Yo‘q.
Talabalar:
— Iltimos, juda charchadik.
O‘qituvchi:
— Shu doskaga yozayotgan mel qachon tugasa, shunda javob berib yuboraman.
Talabalar:
— Bering, biz uni yeb qo‘yamiz!
Vrach bilan militsiya xodimi suhbatlashib tursa, sal nariroqda ikkita yigit janjallasha boshlabdi. Birini qo‘lida pichoq ham bor ekan. Shunda militsiya xodimi:
— Men borib ajratay. Bo‘lmasa hozir anavi odam pichoqni ishlatsa, jinoyat bo‘ladi. Men ajratmaganim uchun jazolashadi. Pulsiz, ishsiz qolib ketaman, - desa, vrach:
— Shoshmay tur! – debdi.
Ko‘p o‘tmay urishayotganlarlardan biri ikkinchisini pichoqlab qo‘yibdi. Shunda vrach:
— Ana, endi borsak bo‘ladi. Pichoq ko‘targani seniki, jarohatlangani meniki. Ikkalamizga ham ish bor! – dermish
Bir yigit ko‘chadagi tilanchiga har kuni pul berib o‘tar ekan. Kuni kelib o‘sha yigit uylanibdi.
Tilanchiga pul bermay qo‘yibdi. Oradan ozroq vaqt o‘tib, tilanchi yigitni ko‘rib qolibdi-da:
— Nima bo‘ldi? Nega pul berib o‘tmaydigan bo‘lib ketding? - desa, yigit:
— Uylanib, ro‘zg‘ordan ortmay qoldi, - debdi.
Tilanchini jahli chiqib:
— Nima, oilangni mani hisobimdan boqasanmi?!?!
Bir sodda odam Afandidan so‘radi:
— Afandi, janoza o‘qilayotganda tobutning o‘ng tomonida turgan savobmi, chap tomonida?
Afandi javob berdi:
— Ikkala tomonida tursang ham savob, faqat tobutning ichida bo‘lmasang bas!