Latifa.uz saytida eng ko'p ovoz olgan latifalar ro'yxati.
Zoologiya darsida: — Aliyev, ikkita yirtqich hayvonni sanab ber-chi! — Sher va ... — Bilmaysanmi? O‘tir “2”! — Qodirov, uchta yirtqich hayvonni sanab ber! — Sher, yo‘lbars, ... — Bilmaysanmi? O‘tir “2”! — Odilov, sen beshta yirtqich hayvonni sanab ber! — 2 ta sher va 3 ta yo‘lbars.
Amaldor chekka qishloqqa sayyor qabulga borib, xalq bilan uchrashibdi. — Qanday ehtiyoj, muammolaringiz bo‘lsa, bizlar hal qilib beramiz, - debdi. — Bizda ikkita katta muammo bor, - debdi bir oqsoqol. — Avvalo, bizda shifoxona boru, shifokor yo‘q. Amaldor shartta mobil telefonidan kimningdir raqamini teribdi-da, bir chetga o‘tib 1-2 daqiqa gaplashibdi. — Bu masalani gaplashib hal qildim. Shifokor ertagayoq shu yerda bo‘ladi. Endi ikkinchi ehtiyojingizni ayting-chi? — Qishlog‘imizda mobil aloqa mutlaqo ishlamaydi, - debdi oqsoqol.
70 ga kirgan ammamga telefon qildim: — Tashqariga chiqmang-a amma! — Yo‘q, chiqmayapman. — Nima qilyapsiz? — O‘tiribmiz, qo‘shnilar o‘zlari kirishdi. Zumrad xolang, Holida xolang bor yana 3-4 tasi gaplashib o‘tiribmiz. — E, amma kasal yuqadi. To‘planish kerakmas. Nimaga unaqa qilasizlar amma? — Havotir olma jiyan. Bitta maska olvoganmiz. Kim gapirsa, o‘sha taqib gapiryapti.
Bir kuni gaz bilan svet turmush quribdi. Oradan bir yil o‘tib ulardan gazbalon bilan dvijok dunyoga kelibdi. Yillar o‘tib, gaz bilan svet ajrashibdi. Svet Xitoyga, gaz esa Rossiyaga ketib qolishibdi. Bizlarga gazbalon bilan dvijok qolgan ekan.
— Oyijon, bu safar ona tilidan chorak bahoim aniq “5” chiqadi.
— Barakalla o‘g‘lim! Nega bunchalik aniq gapiryapsan?
— Chunki choraklik inshoni partadoshim Manzuradan ko‘chirdim. Mavzusini bilasizmi? “Mening tarjimai holim”...
Qiz bilan yigit parkda ketayotsa, qiz to‘satdan hushidan ketib qolibdi.
Yigit:
— Suv! Suv olib kelinglar! Tez yordam chaqiringlar, - desa
Qiz asta ko‘zini ochib:
— Qanaqa suv? Qanaqa tez yordam? Sun’iy nafas berish kerak, - dermish.
Er xotiniga debdi: — Endi sen bilan hech qachon janjallashmaslikka qaror qildim. Xotin bo‘lsa jig‘ibiyron bo‘lib: — Nima? Qaror qilganmush! Oldin mendan bir og‘iz so‘radingizmi?
— Do‘stim, kecha taqdimoti bo‘lib o‘tgan yangi rusumdagi iPhone ning eskisiga o‘xshash tomonlari nimada? — O‘xshash tomoni bitta! Huddi avvalgisidek, yangisini ham bizga o‘xshagan odamlar sotib olisholmaydi.
Jinnilar jinnixonada o‘zlaricha to‘y qilayapti. Bittasi qo‘shiq aytayapti, bittasi chelakni chalyapti, bittasi supurgini gitara qilib olsa, bir jinni burchakda orqa tomonga qarab olib "Tiiiirrrr, tirtirtir" - deb tursa. Vrach kelib:
— Sen nima qilayapsan, burchakda tirillab to‘yga qatnashmiysanmi, - desa.
Haligi jinni vrachga qarab:
— Svet yo‘q-ku, men dvijokman, - dermish.