Latifa.uz saytida eng ko'p ovoz olgan latifalar ro'yxati.
Tarix fani o‘qituvchisi o‘quvchidan:
— Falon yili Angliyani kim olgan? - deb so‘rabdi.
O‘quvchi:
— Ustoz, men olganim yo‘q, - debdi.
Bundan asabiylashgan o‘qituvchi:
— Dadangni olib kel, - debdi.
Bolani otasi kelibdi. O‘qituvchi vaziyatni tushuntiribdi. Shunda otasi o‘g‘liga:
— Olgan bo‘lsang, qaytarib ber, - debdi.
Jahli chiqqan ustoz maktab direktorini oldiga ota-bolani olib kiribdi.
Hamma gapni eshitgan direktor o‘ylanib turib:
— O‘zi qaysi biring olgansan? Joyiga qo‘ymaysanlarmi!? - degan ekan.
Jinnilar jinnixonada o‘zlaricha to‘y qilayapti. Bittasi qo‘shiq aytayapti, bittasi chelakni chalyapti, bittasi supurgini gitara qilib olsa, bir jinni burchakda orqa tomonga qarab olib "Tiiiirrrr, tirtirtir" - deb tursa. Vrach kelib:
— Sen nima qilayapsan, burchakda tirillab to‘yga qatnashmiysanmi, - desa.
Haligi jinni vrachga qarab:
— Svet yo‘q-ku, men dvijokman, - dermish.
Bozorda bir chaqqon yigit: "kep qoling, op qoling, Xitoy banani, yangi keltirilgan" deb reklama qilayotganmish.
Bir opaxon kelib:
"Xitoyniki demang, virusdan qo‘rqib, hechkim olmaydi" desa, sotuvchi yigit: "yaxshi ketayapti, opa, kimdir qaynanasiga, kimdir boshqasiga deb olayapti" dermish...
Maktabdan qaytgan o‘g‘li onasiga savol beribdi:
— Oyi, nima uchun har bir fandan alohida o‘qituvchi dars beradi?
— Chunki bitta o‘qituvchining o‘zi hamma fanni o‘rgata olmaydi-da, bolam.
— Unda qanaqa qilib bitta o‘quvchi hamma fanni o‘rgana oladi?
Bir kuni ota-o‘g‘il baliq oviga borishibdi. Qarmoqqa katta baliq ilinibdi.
O‘g‘li:
— Dada, buni qanday o‘ldiramiz, - debdi.
Shunda otasi:
— Shuniyam o‘ylab turibsanmi? Suvga cho‘ktir, o‘zi o‘ladi, - debdi.
Ota o‘g‘lini maktabga tashlagani kelibdi va o‘g‘liga debdi:
— O‘g‘lim men ham shu maktabni 20 yil oldin bitirganman.
O‘g‘il ajablanib javob beribdi:
— O‘qituvchimiz aytuvdi-ya, sendaqa ahmoqni 20 yil bo‘lgandi ko‘rmaganimga!, - deb...