Latifa.uz saytida eng ko'p ovoz olgan latifalar ro'yxati.
O‘g‘lini maktabga joylashtirishga kelgan otaga maktab direktori: — Bizga qanday moddiy yordam ko‘rsata olasiz? - debdi. Ota: — Bepul prokuratura tekshiruvini o‘tkazib bera olaman, - debdi.
Ishdan g‘amgin qaytgan eridan xotini so‘rabdi:
— Nima bo‘ldi?
— Bilasanmi, bugun qanaqa kun? – debdi eri.
— Yo‘q, - hayron bo‘lib javob beribdi xotin.
— Bundan 20 yil avval, maktabda o‘qib yurgan paytlarimiz... Ikkalamiz otangni qimmatbaho mashinasini haydab ketib, urib olganmiz. Pachoq bo‘lgan mashinasini ko‘rgan otang “yoki mashinamni pulini har oyda falon so‘mdan to‘lab borasan yoki shu qizimga uylanasan” degandilar... – debdi eri.
Xotini yana tushunmay:
— Ho‘sh, nima bo‘pti. Nega shu voqeani bugun eslayapsiz? – desa, eri afsus bilan:
— Agar o‘shanda otangni birinchi shartiga rozi bo‘lganimda, bugun mashinani puli to‘lab qutulgan bo‘lardim! – dermish.
O‘qituvchi so‘rayapti:
— Ho‘sh Asad, do‘sting sendan 5000 so‘m pul olib, 4000 so‘mini sarfladi. Senga necha pul qaytaradi?
— Bir so‘m ham qaytarmaydi, ustoz!
— O‘tir joyingga, bahoing "ikki"! Matematikani umuman bilmaysan!
— Yo‘q ustoz, siz meni do‘stlarimni mutlaqo bilmas ekansiz...
Bir kuni, bir yigit, yangi iPhone 7plus olib, shimining orqa cho‘ntagiga solib, taksiga chiqsa, "tirs" etgan ovoz eshitilibdi. Yigit haydovchiga qarab: — Ishqilib belim singan bo‘lsinda — dermish.
Ko‘chada 3 ta bola bahslashib turgan ekan: Birinchisi debdi:⠀ — Mening pochcham eng boy odam . Opamga 3 ta uy, 2 ta dalahovli, 5 mashina olib berganlar-u, lekin opamni o‘zlari bilan olib ketganlar. Ikkinchisi debdi: ⠀ — Mening pochcham ham milliarder. Opamni oltin-u, zar bilan bezaganlar. Nima desalar bir zumda muhayyo qiladilar. Lekin to‘g‘ri, mening ham opamni olib ketganlar. Uchinchisi bo‘lsa bularni hammasini eshitib debdi:⠀ — Mening pochcham boy emaslar. Lekin pochcham opamni olib ketmaganlar. Aksincha, biz pochchamni olib kelganmiz.
— Besh yil uchrashib, sevishib yurganimizdan keyin u qiz menga "Do‘st bo‘lib qolaylik" desa bo‘ladimi... Tasavvur qilyapsizmi holatimni? Besh yil-a, besh yil!
— Bitta shapaloq solmadizmi shu gapiga?!
— Kechirasiz, siz aniq psixologmisiz?
Bir millioner yigitlarni chaqirib debdi:
— Orangizdan kimda-kim shu hovuzga sho‘ng‘ib, narigi tarafdan sog‘-omon chiqsa, unga yarim boyligim va go‘zal qizimni beraman. Faqat aytib qo‘yay, hovuz timsohlarga to‘la!
Shu payt bir yigit hovuzga tushib, narigi tarafidan chiqibdi.
Millioner kishi unga:
— Avval boyligimni ko‘rsataymi yoki qizimnimi? – desa, yigit unga:
— Oldin meni suvga itarib yuborgan ablahni ko‘rsating, - dermish.
Otasi uni doktorga olib boribdi. Doktor bolaga savol bera boshlabdi:
— Isming nima?
— …urod
Otasi:
— Ismi Murod. Bosh harfini gapirolmayapti, - debdi.
Doktor:
— Bolakay, adang nima ish qiladi? – desa,
otasi shosha-pisha:
— Shu savolingizga o‘zim javob beraqolay, zamdekanman, - dermush.