Doda latifalar

Latifa.uz saytida eng ko'p ovoz olgan latifalar ro'yxati.
Er-xotin va o‘g‘li Samarqand shahrini aylanib yurishgan ekan. O‘g‘li onasidan so‘rabdi:
— Siz qayerda tug‘ilgansiz?
— Qo‘qonda.
— Ada siz qayerda tug‘ilgansiz?
— Qarshida.
— Men-chi?
— Toshkentda.
— Qanday yaxshi-ya! Uchchalamiz uchta joyda tug‘ilib, bir joyda uchrashib turibmiz.
67
Bir firibgar bisotidan:

— Kechirasiz 1000$ berib turing!
"OLASIZ" firmasi, "UXLADINGIZ" kompaniyasi
Direktor: Uxlatjonov O‘marjon
Manzil: Sabr qil tumani, To‘g‘ri tushun mahallasi, Mani kutgin ko‘chasi, 6-kulba.
Telefon: Yetti nol, topolmay o‘l.
Faks: 007, uxlab ketdi.
e-mail: insofbersaolasan@mail.ru
sayt: www.insof.net
218
Noutbukimni unutib, gilam ustida qoldiribman.
Qaynonam uni tarozi deb o‘ylab ustiga chiqib olsa bo‘ladimi!?
69
O‘qituvchi:
— Valijon, kundaligingni ota-onangga ko‘rsatdingmi?
O‘quvchi:
— Yo‘q, ustoz!
O‘qituvchi:
— Nega?
O‘quvchi:
— Ota-onamni salomatligi men uchun juda muhim!
72
Onasini yoniga o‘g‘li kelib debdi:
— Oyijon, 5 ming bering.
— Yo‘q. Pulni nima qilasan?! - debdi onasi jahli chiqib.
— Beraqoling oyijon... - debdi yana o‘g‘li.
— Yo‘q dedim senga! - debdi onasi.
— Agar 10 ming bersangiz, adam to‘g‘risida bir gap aytaman, - debdi bolakay ayyorlik bilan.
Onasi darrov 10 mingni beribdi.
— Ayt, nima sir ekan!
— Adamni yoniga bir ayol keldi. Ular mehmonxonamizga kirib uzoq gaplashishdi, - debdi o‘g‘li cho‘ntagiga 10 mingni solib, eshik yoniga yaqinlasharkan.
— Nimani gaplashishdi? - deb o‘takasi yorilay dedi ayolni.
— O‘g‘lingizni maktabda baholari pasayib ketyapti dedi u ayol, - deb ko‘chaga yuguribdi bolakay.
78
Maktabda:
— Biz sizni o‘g‘lingiz ustidan shikoyat qilish uchun chaqirdik. U o‘zini maktabda juda-yam yomon tutadi.
— Uyda ham o‘zini yomon tutadi. Men sizlarni chaqirayotganim yo‘q-ku!
91
Boshqa uyga adashib kirib qolgan sigir nima deyishini bilmay:
“Kechirasizlar, sut olmaysizlarmi?” debdi.
71
“Boriga baraka”dan energiya tejamkor lampochka yutib oldim.
Uyga kelib, chiroqqa o‘rnatib ko‘rdim. Ishlamadi...
Rostan ham energiyani tejar ekan.
76
Geografiya darsida:
— Boltavoy, qani bizga Panama kanali haqida gapirib ber-chi!
— Ustoz , televizorimiz Milliy, Sevimli, My5 kanallarini ko‘rsatadi, lekin bunaqa kanalni ko‘rsatmaydi.
68
Xotin eridan:
— Adasi, ovqat qilib qo‘ydingizmi? - deb so‘rasa, eri:
— Nima, meni o‘zingga o‘xshatyapsanmi? Kirlarni ham yuvib qo‘yganman! - dermish.
71