Jahli chiqqan er xotiniga debdi: — Nima uchun bu uyda bo‘layotgan ishlardan men oxirgi bo‘lib xabar topaman? Xotini: — Tis-s sekinroq, bolamizni uyg‘otib yuborasiz! – desa, er: — Qanaqa bola? – debdi.
Bankni o‘marishga kirgan o‘g‘rini yuzidan niqobi yechilib ketibdi. O‘g‘ri kassirni yoniga kelib: — Meni yuzimni eslab qoldingmi? - desa, qiz: — Ha, - debdi. O‘g‘ri shu zahoti kassirni otib tashlabdi. — Yana kim meni yuzimni eslab qoldi? - desa, odamlar orasidan ovoz kelibdi: — Bankomat yonida turgan qaynonam eslab qoldi.
Sinf rahbari o‘quvchilarga: — Ertaga sinf xonasini ta’mirlashga 50 ming so‘mdan olib kelinglar, - desa, o‘quvchilar: — Ustoz, nega buncha qimmat? – deyishibdi. Shunda ustozi: — 30 ming so‘mni menga berasizlar, qolgani o‘zingizga. Ota-onangizga 50 mingdan yig‘dim deb aytaman, - debdi. O‘quvchilar bir ovozdan: — Kelishdik, ustoz! – deyishibdi.
3 ta qiziq bir fakt bor: 1) Hech bir odam chap ko‘zi bilan yozuvni o‘qiy olmaydi. 2) Buni o‘qigan sodda odam darrov shu ishni qilib ko‘radi. 3) Aldanganini bilib kulib qo‘yadi.
Avvaliga enaga bilan bog‘cha opa aybdor. Keyin – tarbiyachi. Undan keyin – maktabda o‘qituvchi aybdor. Keyin esa – ishxonada rahbar! Sal keyin esa – xotin! Hammasiga aybdor o‘shalar. Erkaklarda o‘zi hech qachon ayb bo‘lmagan desa ham bo‘ladi...
Er-xotin va o‘g‘li Samarqand shahrini aylanib yurishgan ekan. O‘g‘li onasidan so‘rabdi:
— Siz qayerda tug‘ilgansiz?
— Qo‘qonda.
— Ada siz qayerda tug‘ilgansiz?
— Qarshida.
— Men-chi?
— Toshkentda.
— Qanday yaxshi-ya! Uchchalamiz uchta joyda tug‘ilib, bir joyda uchrashib turibmiz.