Latifa.uz saytida eng ko'p ovoz olgan latifalar ro'yxati.
Bir kuni Afandi somsa yeb o‘tirib so‘ka boshlabdi. Somsachi kelib unga nega so‘kyapsiz desa
— Yo‘q, men sizni emas, xotinimni so‘kyapman debdi. U har kun aytardi — menga go‘sht olib keling, men somsa qilaman — dyeb, mana, piyozdanam shirin somsa bo‘larkanu.
Afandi bozordan go‘sht olibdi-yu, kabob qilishni bilmasmush. Qassob odam bir qog‘ozga kabob tayyorlash usulini yozib afandiga beribdi. Yo‘lda afandining qo‘lidan itlar go‘shtni olib qochibdi. Afandi bo‘lsa itlarni orqasidan "Qog‘oz menda qoldi-ku tentaklar!" dermish.
Bir ayol hikoya qiladi: — To‘rt yoshli qizim shkafni ochib, kiyimlarni titaveradi. Bugun uni qo‘rqitdim, — Shkaf ichida yomon amaki bor, ochsang seni o‘g‘irlab ketadi, deb. Kechki payt erim bilan ovqatlanib o‘tirsak qizim yugurib kelib: — Oyi, oyi! Shkaf ichidagi amaki ketdimi? deb so‘rasa bo‘ladimi! Erimga tushuntirgunimcha bo‘larim bo‘ldi!...
Maktabda: — Biz sizni o‘g‘lingiz ustidan shikoyat qilish uchun chaqirdik. U o‘zini maktabda juda-yam yomon tutadi. — Uyda ham o‘zini yomon tutadi. Men sizlarni chaqirayotganim yo‘q-ku!
Bir yigit Fransiyaga sayohat chiptasini yutib olibdi. Lekin fransuzchani bilmas ekan. Nima qilishini bilmay, do‘stidan maslahat so‘rabdi:
— O‘rtoq, boshim qotdi. Fransiyaga ketyapman-u, fransuz tilini bilmayman!
Do‘sti maslahat beribdi:
— Shu ham muammomi?! Har bir so‘zingni oldiga "F" harfini qo‘shib gapiraverasan…
Yigit Fransiyaga boribdi. Hamma yoqda frunsuzlar…
Shahar aylanib yurib, adashib qolibdi. Shunda yo‘lni so‘rash uchun bir fransiyalik odamni to‘xtatib so‘rabdi:
— Falom, faka! Fuzr, fanavi fo‘cha fayerga folib foradi? – desa, haligi fransuz odam qarab turib:
— Fe fog‘ayni, fo‘zim fam filmay furibman, - degan ekan.
Shaharga ish bilan kelgan xo‘roz grilda aylanib pishayotgan tovuqlarni ko‘rib dedi:
“Qishloqda tuxum rejasi bajarilmayotgan paytda, senlar karusel uchib yurganingga o‘laymi..!”