Latifa.uz saytida eng ko'p ovoz olgan latifalar ro'yxati.
Bir kuni tunda afandi mehmondan qaytayotsa, yo‘lida boy uchrab qolibdi.
Boy afandini kamsitmoqchi bo‘lib:
— Ha, afandi, senmiding? Men bo‘lsa mol kelyapti deb o‘ylabman, - desa, afandi hozirjavoblik bilan:
— Iye, boyota! Men sizni odamga o‘xshatib yuboribman, siz ekansiz-ku, - degan ekan.
Bir kuni dollar olamdan o‘tib, do‘zaxga tushibdi. Qarasa, jannatda faqat so‘mlar yurganmish. Shunda u:
— Mening qadrim baland edi. Nega jannatda sizlar yuribsizlar? – desa, so‘mlar javob qaytaribdi:
— Sen biror marotaba ehson qutisiga tushganmisan?
Boshlang‘ich sinf o‘qituvchisi o‘quvchilariga:
— Qo‘limda ikkita olma bor edi. Bittasini yeb qo‘ydim. Nechta qoldi? - desa, orqada o‘tirgan bir bola sinfdoshiga qarab:
— Kap-katta odam shuncha bola turganda, olmani o‘zi yeb qo‘yib, endi uyalmasdan bizdan so‘rashini qara! - dermish.
Mahbus xotinidan xat olibdi. O‘qib chiqqach, kameradoshlari: — Xotining nima deb yozibdi? - desa, mahbus: — E, o‘g‘lim ikkinchi yil ham beshinchi sinfda qoladigan bo‘pti… Oilamizni sharmanda qilibdi yaramas! - dermish.
Bir talaba yigitga har kuni avtobusda qari kampir yeryong‘oq berar ekan.
Oxiri yigit so‘rabdi:
— Nega har kuni meni yeryong‘oq bilan siylaysiz? Ataylab meni deb sotib olasizmi?
Kampir javob beribdi:
— Yo‘q. Men har kuni Snikers yeyman. Shokoladni ichidan chiqgan yong‘oqlarni tishim yo‘qligi uchun og‘zimda u yoqqa, bu yoqqa olaman-da, chaynab yutolmayman. Keyin shularni senga ilinaman-da bolajonim.
Hammaning o‘z baxt formulasi bor. Masalan man xonam shipiga "Ertadan yugurishni boshlayman!" deb yozib qo‘yganman. Va har kuni ertalab uyg‘onganda bu yozuvga ko‘zim tushadi va "Hayriyatki bugundan emas, ertadan ekan!" deb xursand bo‘lib qo‘yaman...
O‘qituvchi so‘rabdi:
— Bolalar, maktabimizga tekshiruv kelgan. Hozir ular bizni sinfga kirganlarida nima deymiz?
— Assalomu alaykum deymiz.
— Chiqib ketayotganida-chi?
— Hayriyat-yey deymiz! – deyishibdi.