Latifa.uz saytida eng ko'p ovoz olgan latifalar ro'yxati.
Bir kuni Tiko sevgilisi Matizga xat yozibdi:
— Salom azizam Matizxon! Kecha oyingiz Damas opani ko‘rgandim. Dadangiz Neksiya aka bilan birga ketayotkan ekanlar.
Signal chalsam qarashmadi.
Keyin bilsam sizga olifta Sparkdan sovchilar kelgan ekan. Uning amakilari Epika va Kaptivalar to‘y qilmoqchi ekan.
Men hozir arendadaman qutilib bo‘lishim bilan amakim Malibu va Orlandolarni sovchilikka yuboraman!
Siz motorizga quloq tuting. Ha aytgancha, kelgindi BMW orqezdan yurgan ekan.
Aytib qo‘ying, rashkim yomon. Benzin bakini teshib qo‘yaman!
Men sizni so‘ngi benzinim qolgunicha sevaman!
Bir kuni futbol o‘yinidan oldin bir o‘yinchiga treneri raqib jamoa xavfli hujumchisining yonidan jilmay o‘ynashini aytibdi. Birozdan so‘ng raqib hujumchi “Qizil kartochka” olib, o‘yindan chiqib, zahiraga borib o‘tirsa, boyagi o‘yinchi ham uning yoniga borib o‘tirib olgan ekan.
Yigit onasiga: — Sizdan ruxsat so‘ramasdan biror ish qilishim uchun nechi yoshga kirishim kerak, - desa, onasi: — Bunaqa yoshga hali adang ham kirmagan o‘g‘lim, - debdi.
O‘zbek futbolchilarining jahon chempionatiga chiqmayotganini sabablari:
1. 2010 yil – Afrika juda issiq edi.
2. 2014 yil – Braziliya uzoqlik qildi.
3. 2018 yil – Rossiyaga o‘zbeklar borsa, qurilishga kelishdi dyeb o‘ylashadi.
4. 2022 yil – bir bahona topilib qolar ...
Xotin erini do‘konga jo‘natayotib tayinlabdi:
— 1 ta buxanka non olingda, tuxumni so‘rang. Bor bo‘lsa, 10 ta oling!
Eri do‘konga kirib sotuvchiga debdi:
— 1 ta buxanka bering. Tuxum bormi?
— Bor, - debdi sotuvchi.
— Unda 10 ta buxanka berasiz, - dermish eri.
Bir odam Afandidan:
— Afandim, ertalabdan beri boshim qattiq og‘riyapti. Nima qilsam ekan? - deb so‘rasa, Afandi javob beribdi:
— O‘tgan kuni tishim qattiq og‘riganda sug‘urib tashlagandim. Foydasi bo‘ldi lekin, - dermish...