Latifa.uz saytida eng ko'p ovoz olgan latifalar ro'yxati.
Hayvonot bog‘i. Maymun turgan qafas yonida qizaloq oyisidan so‘radi:
— Oyi, nega maymunlar yuzlarini bo‘yab olishgan?
— Boshqa maymunlarni qo‘rqitish uchun.
— Iye, unda siz dadamni qo‘rqitish uchun bo‘yanib olar ekansiz-da, a?
Yonida indamay ketayotgan dadasi javob berdi:
— Yo‘q qizim. Onang ko‘chadagi odamlarni qo‘rqitib yubormaslik uchun bo‘yanadi.
Kompyuter dasturchisi pianinoning oldiga kelib, uni uzoq ko‘zdan kechirib, dermish:
— Klaviatura noqulay. Bor-yo‘g‘i 84 ta klavishalar bor, ularni-yam yarimidan ko‘pi funksional klavishlar. Hech qaysida yozuvi yo‘q. Lekin «Shift»ning oyoq bilan bosilishi zo‘r ekan.
Shifoxonalarda "Salomatligingiz o‘z qo‘lingizda" - degan yozuv turadi. Manimcha yaqin orada uni "Salomatligingiz o‘z cho‘ntagingizda" - deb o‘zgartirib qo‘yishsa ajabmas.
Bir yigit Bolgariyaga boribdi. U yerda bir qizni yaxshi ko‘rib qolibdi.
Yigit qizga:
— Seni millating nima?
Qiz:
— Men bolgarkaman.
Yigit:
— Men esa drelman, - dermish.
Tunda sevishganlar uchrashib tursa, qizni otasini ovozi kelibdi. Yigit nima qilishini bilmay, yonidagi daraxtga chiqib olibdi.
Otasi yaqin kelib:
— Yarim tunda nima qilyapsan? - desa, qizi:
— Hech nima. Oymomoni tomosha qilyapman, - debdi.
Otasi:
— O‘sha oymomoga ayt, darvoza yoniga kelsin. Velosipedi qolib ketibdi. Olib ketadi, - degan ekan.