Latifa.uz saytida eng ko'p ovoz olgan latifalar ro'yxati.
Bitta jinni qo‘lida boltani ushlab olib, xursand yursa, shifokor:
— Nimaga xursandsan? - debdi.
Jinni:
— Palatadagi sherigimni boshini uzib, berkitib qo‘ydim. Uyg‘onsa, rosa izlaydi, - degan ekan.
Bir podshoh she’r yozib saroy ahliga o‘qib beribdi. Hamma maqtabdi. Faqat Afandi jim turganmish. Podshoh:
— Sen nima deysan?, - desa Afandi:
— Bunaqa rasvo she’rni eshitmaganman, - debdi.
Podshohni jahli chiqib, zindonga tashlabdi. Bir haftadan keyin Afandini shohni yoniga olib borishibti. Podsho yangi she’rni o‘qib berib, — Qalay chiqibdi?, - desa, Afandi indamasdan o‘girilib ketayotganmish.
Podshoh:
— Qayoqqa?, - desa, Afandi:
— Zindon qayerda edi, - dermish.
Poshsho bir kuni Afandining oldida oynaga qarab, o‘zining xunukligidan shikoyat qildi:
— Qara, odam ham shunaqa xunuk, badbashara bo‘ladimi?
— Bir marta oynaga qarab shuncha xafa bo‘lasiz,— javob berdi Afandi,— o‘lmagan bizning jonimiz: har kun sizni o‘n marta ko‘rsak ham chidab yura beramiz.
Sud jarayoni ketmoqda. Sudya uy egasiga savol beribdi: — Siz o‘g‘rini o‘z uyingizda ushlab olganingiz rostmi? — Ha! — Uyingizga o‘g‘ri kirib olganini qayerdan bilib qoldingiz? — Xotinimga latifa aytib bersam, shkaf ichidan kulgan odamni ovozi eshitildi...!
Zargarlik do‘koniga kirgan yigit soatlarga qarab tursa, sotuvchi qiz kelib debdi:
— Hurmatli mijoz, sizni omadingiz bor ekan. Bizda ayollar ziraklariga chegirmalar boshlandi. Sevgan qizingizga arzon narxlarda zirak sotib olishingiz mumkin.
Yigit xafa bo‘lib:
— Sevgan qizim yo‘q meni, - debdi.
Sotuvchi yana:
— Qanaqasiga?! Shunday kelishgan yigitni sevgan qizi bo‘lmasa?! Nega axir? – desa, yigit yana xafa bo‘lib:
— Xotinim ruxsat bermayapti, - dermish.